Tavsif
The International Student Forum “Bir Könüllü — One volunteer” talabalar jamoat birlashmasi tomonidan tashkillashtirilgan. Ozarbayjon Yoshlar jamgʻarmasi hamkorlik qilayotgan ushbu forumda xalqaro miqyosdagi yosh olimlar va talabalar, ozarbayjon hamda boshqa ekspertlar ishtirok etishadi. Dasturdan koʻzlangan maqsad tinchlik va xavfsizlik muammolarini muhokama qilish, tahlillar va seminarlar oʻtkazish, ehtimoliy yechimlarni ishlab chiqish hamda fikr almashishdir.
Dasturda 20-29 yosh oraligʻidagi barcha yoʻnalishda bakalavriatning oxirgi bosqichida oʻqiyotgan talabalar, magistrantlar va doktorantlar ishtirok etishlari mumkin. Dasturga roʻyxatdan oʻtish jarayoni 2022-yilning 12-oktyabrigacha davom etadi. Forum ushbu yilning 23-28-noyabr kunlari boʻlib oʻtadi. 3 kun davom etadigan muhokamalar va munozarali seminarlardan keyin ishtirokchilar oʻzlari bildirgan fikr va takliflarini qisqa akademik maqola yoki tezislar orqali taqdim etishadi. Eng yaxshi maqola va tezislar dastur maʼmuriyatiga qarashli manbalarda chop etiladi. Forum uchun turar-joy va oziq-ovqat xarajatlari 100%, yoʻl xarajatlari esa 70% gacha toʻlab beriladi.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.