Umumiy maʻlumotlar
Tadqiqotchilar uchun Jahon bankining “INSON” loyihasi doirasida, Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi va Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti dalillarga asoslangan siyosat yuritishda tadqiqotlarni toʻgʻri olib borishga qaratilgan bepul oʻquv kurslari taqdim etiladi.
Kurslar haftasiga ikki marta boʻlib oʻtadi, har bir mashgʻulot 2–3 soat davom etadi. Trening ishtirokchilarning tadqiqotni rejalashtirish, muvofiqlashtirish va boshqarish boʻyicha koʻnikmalarini mustahkamlashga qaratilgan boʻlib, Oʻzbekistonda ijtimoiy siyosat tadqiqotlarining sifati va taʼsirini yaxshilashga xizmat koʻrsatadi.
Oʻquv kurslari 6 ta yoʻnalish boʻyicha tashkil etiladi va mazkur yoʻnalishlar ikkita oʻquv dasturiga boʻlingan:
I. TADQIQOTLARNI BOSHQARISH (40 soat)
Ijtimoiy fanlar tadqiqotchilari uchun Loyiha boshqaruvi boʻyicha oʻquv dasturi (24 soat). Asosiy mavzulari:
1. Loyihani boshlash
- Maqsad va vazifalarni belgilash, manfaatdor tomonlarni aniqlash;
- Tadqiqot grantlari uchun maqsadlarni belgilash;
- Amaliy mashgʻulotlar: maxsus topshiriqlar, keyslar yoki munozaralar.
2. Rejalashtirish
- Loyihaning hajmini belgilash;
- Ilmiy-tadqiqot grantlari, nashrlar, hisobotlar va boshqa loyihalar boʻyicha loyiha rejalarini ishlab chiqish;
- Loyiha byudjetini belgilash;
- Amaliy mashgʻulotlar: maxsus topshiriqlar, keyslar yoki munozaralar.
3. Implementation
- Resource allocation;
- Project resource management;
- Building the implementation stage and process;
- Amaliy mashgʻulotlar: maxsus topshiriqlar, keyslar yoki munozaralar.
4. Monitoring va boshqaruv
- Loyiha faoliyati va jarayonlarini kuzatish;
- Rejaga muvofiqlikni taʼminlash;
- Risklarni kamaytirish strategiyalari;
- Amaliy mashgʻulotlar: maxsus topshiriqlar, keyslar yoki munozaralar.
5. Yakunlash
- Loyiha natijalari ustida ishlash;
- Loyiha natijalarini yakuniy rasmiylashtirish;
- Loyihani yakunlash;
- Amaliy mashgʻulotlar: maxsus topshiriqlar, keyslar yoki munozaralar.
II. ILMIY USLUBDA YOZISH (66 soat)
“Nvivo dasturi yordamida sifat tadqiqot usullarini oʻrganish” oʻquv dasturi (28 soat). Asosiy mavzulari:
1. Sifat tadqiqot usullari haqida tushuncha
- Sifat tadqiqotlar metodologiyasi haqida umumiy maʼlumotlar;
- Sifat metodlarining turlari (keys-stadi, asoslangan nazariya, narrativ tahlil);
- Ilmiy tadqiqot dizayni, tegishli usullarni qoʻllash va tadqiqot etikasi.
2. Maʼlumotlar yigʻish va tahlil qilish texnikalari
- Intervyular va ularning turlari;
- Kuzatuv va fokus-guruh maʼlumotlari;
- Maʼlumotlarni tanlash va tahlil qilish.
3. NVivoga kirish: Loyihalar va matnlarni tahlil qilish uchun yondashuvni tanlash
- Tematik loyihalar uchun tadqiqot takliflari;
- Asosiy tushunchalar;
- Kontentni tartiblash va NVivoga yuklash;
- Demografik maʼlumotni tartiblash va yuklash;
- NVivoning “code” va “node” tushunchalari;
- NVivoda vizualizatsiya;
- NVivoning ish maydoni.
4. NVivoʻda loyihalar va manbalar bilan ishlash
- Loyihalar yaratish va ularni qoʻllash;
- “Node”lar haqida;
- Matnlar (kodlar) bilan ishlash;
- Mavzuga oid “node”larni yaratish va boshqarish;
- Maxsus keyslarni yaratish va boshqarish;
- “Node”lar va va xususiy keyslar oʻrtasidagi munosabatlarni oʻrnatish.
5. NVivoda tasniflash va guruhlash
- Tur va guruhlarni yaratish va ularni qoʻllash;
- NVivoda turlar, guruhlar va “node”lar oʻrtasidagi munosabatlarni oʻrganish.
6. NVivoda matn tahlili
- Matn qidirishni mashq qilish;
- Soʻzlar chastotasidan foydalanish;
- Tahliliy tadqiqot tavsifi.
7. Matn tahlili xaritalari
- Matn tuzilishida izchillik xaritalarini yaratish (ong xaritasi);
- Asosiy tizim xaritalarini tuzish (tushunchalarni xaritalash);
- Loyiha tizimi xaritalarini tuzish (loyihaviy xaritalash).
8. Sifat tadqiqot natijalarini yozish
- Sifat tadqiqot yozish asoslari va turlari;
- Yuqori sifatli hisobotlar/maqolalarning tuzilishi va tarkibiy qismlari;
- Samarali va sodda yozish usullari;
- Amaliy mashgʻulot.
Ilmiy uslubda yozish oʻquv dasturi (14 soat) Asosiy mavzulari:
1. Ilmiy uslubda yozishga kirish
- Ilmiy uslubda yozishning umumiy tavsifi;
- Tadqiqot savollarini shakllantirish, adabiyotlar sharhini tayyorlash va manbalarga havola berish;
- Vazifa: Tadqiqot savollarini shakllantirish, adabiyotlar sharhini tayyorlash va tegishli manbalarga havola berish.
2. Ilmiy uslubda yozishning tuzilishi
- Metodologiya va maʼlumotlarni taqdim qilish;
- Vazifa: Tadqiqot ishining rejasini tayyorlash va maʼlumotlar va modellardan samarali foydalangan holda uning tuzilishini tashkil etish.
3. Tahrir va korrektura texnikasi va vositalari
- Oʻzaro sharh;
- Korrektura va SIdan foydalanish.
Siyosiy bayonnoma yozish boʻyicha oʻquv dasturi (24 soat). Asosiy mavzulari:
1. Siyosatni ishlab chiqish jarayonida kommunikatsiya
- Siyosatni ishlab chiqish jarayoni va kommunikatsiya;
- Siyosat uchun yozma muloqotning turli vositalarini tushunish.
2. Siyosiy bayonnomalar/brifinglarning tuzilishi va tarkibiy qismlari
- Siyosat boʻyicha brifinglarda argumentni shakllantirish va asoslash;
- Siyosat boʻyicha brifinglarni tuzish;
- Argumentni shakllantirish, dalillarni topish va umumiy tuzilmani tayyorlash.
3. Tadqiqot va maʼlumotlar integratsiyasi
- Dalillarga asoslangan siyosiy bayonnomalar/brifinglar;
- Adabiyotlar sharhi;
- Maʼlumotlarni qidirish va tahlil qilish;
- Manbalarni koʻrib chiqish va qoʻllab-quvvatlovchi maʼlumotlarni qidirish.
4. Maʼlumotlarni oʻrganish va integratsiyalash
- Manbalarni tanqidiy baholash;
- Maʼlumotlarni siyosiy bayonnoma/brifinglarga integratsiyalash;
- Maʼlumotlar vizualizatsiyasi.
5.Aniq va samarali yozish usullari
- Yozuv koʻnikmalari;
- Auditoriya tahlil;
- Tahrirlash va yakunlash;
- Brifinglarni nashr qilish.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.