Barcha talabalar hamda tadqiqotchilar uchun Latviyada qisman moliyalashtiriluvchi yozgi maktab dasturilari. Stipendiya miqdori - €711
Latviya Latviya
01 Apr, 2022 · Muddat tugagan

Barcha talabalar hamda tadqiqotchilar uchun Latviyada qisman moliyalashtiriluvchi yozgi maktab dasturilari. Stipendiya miqdori - €711

Yozgi maktab Qisman moliyalash

Tavsif

Latviyaning taʼlimni rivojlantirish davlat agentligi tomonidan Latvian scholarship – Latviya stipendiyasi dasturi eʼlon qilinadi.

Dastur xalqaro xorijiy talabalar, tadqiqotchilar va oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchilariga 2022-yilda Latviyaning bir qator yozgi maktablariga qatnashish va tajriba almashish imkonini yaratadi.

Dastur ingliz tilida boʻlib oʻtadi va ushbu havolada nomlari berilgan davlat fuqarolari qatnasha oladilar. Dasturga qabul qilingan ishtirokchilarning yozgi maktab davomida boʻladigan xarajatlari uchun €711 miqdorda stipendiya ajratiladi.

Yozgi maktab amaliyot dasturlari quyidagi yo'nalishlar doirasida oʻtkaziladi:

Eslatma: Maktablar haqidagi toʻliq maʼlumotlarni ushbu havola orqali olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishlari lozim:

  • Yozgi amaliyot maktabida bakalavr, magistratura, doktorantura talabalari, tadqiqotchilar hamda oliy oʻquv yurtlari oʻqitish sohasi xodimlari (oʻqituvchilar) qatnashishi mumkin;
  • Dasturda ro'yxatda berilgan davlat fuqarolari qatnasha oladi. Ro'yxatda O'zbekiston ham berilgan. Ro'yxat bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin;
  • Ishtirokchidan ingliz tilini yaxshi bilishi soʻraladi. Til sertifikatlari (IELTS, TOEFL) talab qilinmaydi;
  • Muayyan yo'nalish doirasidagi yozgi maktabga yozilish uchun uning qabul talablariga mos kelish lozim.

Maqbullik shartlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladilar:

  • Ishtirokchiga bir martalik €711 pul miqdori ajratiladi. Stipendiya nomzodning oʻziga berilmaydi, balki yozgi maktab davomidagi xarajatlari uchun toʻgʻridan toʻgʻri tanlangan maktab tashkilotchilariga oʻtkaziladi;
  • Ishtirokchilarga dastur soʻngida sertifikatlar beriladi.

Muhim: Ishtirokchilar borish kelish yoʻl, viza va sugʻurta xarajatlarini oʻzlari qoplashlari lozim.

Topshirish jarayoni

Dasturga qabul qilinish uchun nomzoddan quyidagi hujjatlarni tanlangan maktab manziliga toʻgʻridan toʻgʻri yuborilishi soʻraladi:

  • Tanlangan yozgi maktabning ariza matni;
  • CV (Curriculum Vitae);
  • Motivatsion insho.

Eslatma: Dasturga topshiriladigan hujjatlar yozgi maktab talablariga qarab oʻzgarishi mumkin.

Maktablar roʻyxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Qabul natijalari ishtirokchilarga tanlangan maktab tashkilotchilari tomonidan eʼlon qilinadi. Dastur davomiyligi maktablar tomonidan yoz oylarining turli sanalarida belgilanadi. Bu haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Mutaxassis:

Marika Pīra

+371 67814331

marika.pira@viaa.gov.lv

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Yozgi maktab

  • Moliyalashtirish

    Qisman moliyalash

  • Soha

    Amaliy fanlar va kasblar, Kompyuter fanlari va IT, Muhandislik va texnologiya, Huquqshunoslik va qonunchilik, Ijtimoiy fanlar, Sanʼat, dizayn va arxitektura

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Latviya Barcha talabalar hamda tadqiqotchilar uchun Latviyada qisman moliyalashtiriluvchi yozgi maktab dasturilari. Stipendiya miqdori - €711
01 Apr, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.