Barcha talabalar uchun Buyuk Britaniyada IELTS sertifikatisiz oʻqish imkoniyati. Xarajatlar toʻliq qoplanadi
  • 01/03/2022 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Buyuk Britaniya Davlat
  • Iloji boricha tez Oxirgi muddat
Telegram kanalimizga aʼzo boʻling

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Britaniya konsulligi IELTS sertifikatisiz Britaniyada bepulga oʻqish mumkin boʻlgan grant dasturlari roʻyxatini eʼlon qildi.

Dasturning maqsadi dunyo boʻylab yoshlarga bepul bilim olish imkoniyatini yaratishdan iborat.

Dasturda bakalavr, magistratura hamda doktorantura talabalari qatnashishi mumkin.

Quyida Buyuk Britaniya universitetlarida xarajatlari toʻliq qoplanuvchi dasturlar roʻyxati bilan tanishish mumkin:

Ushbu grant dasturlarining imtiyozli jihatlari hamda maqbullik shartlari grant turiga qarab oʻzgarib boradi. Grant dasturlari haqida batafsil tegishli dasturning web sahifasiga kirish orqali tanishish mumkin.

Dasturga qabul qilingan nomzodlarning oʻqish toʻlovlari, yashash hamda sugʻurta xarajatlari, bundan tashqari, tezis hamda dissertatsiyalarni bepul chop etish toʻlovlari qoplab berilishi koʻzda tutilgan.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Maqbullik shartlari

Dasturda qatnashish uchun nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:

  • Nomzod Buyuk Britaniyada joylashgan universitetlardan biriga qabul qilinishi lozim;
  • Dasturda til sertifikati (IELTS, TOEFL, DET, GPE, CAE, CAEL, Cambridge Tests) topshirilayotgan universitetning talabiga qarab soʻraladi;
  • Nomzodga Buyuk Britaniyaga kirish uchun hech qanday cheklovlar qoʻyilmagan boʻlishi lozim.

Eslatma: Ushbu maqbullik shartlari umumiy berilgan boʻlib, ular grant dasturi turiga va topshirilayotgan universitet talabiga qarab oʻzgarib boradi.

Dastur maqbullik shartlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Foydali tomonlari

Dasturga qabul qilingan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladilar:

  • Nomzodning oʻqish toʻlovi toʻliq yoki qisman qoplanadi;
  • Stipendiya beriladi;
  • Yashash xarajatlari qoplanadi;
  • Kutubxonadan bepul foydalanish imkoniyati beriladi;
  • Kitob, ovqat va boshqa xarajatlar qoplanadi;
  • Sogʻliq va tibbiy sugʻurta bilan taʼminlanadi;
  • Tezis hamda dissertatsiya chop etish toʻlovlari qoplab beriladi;
  • Britaniya universitetlarining uzoq muddatli (long-term) kurslarida taʼlim oluvchi talabalarga haftasiga 20 soat ishlashga ruxsat beriladi.

Eslatma: Dasturning imtiyozli jihatlari grant dasturi turlariga hamda tanlangan universitet tomonidan beriladigan imkoniyatlarga qarab oʻzgarib boradi.

Dastur imtiyozli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Hujjat topshirish

Dasturga hujjat topshirish uchun tanlangan grant dasturining web sahifasiga oʻtiladi va nomzod tegishli hujjatlar toʻplamini tanlangan universitet manziliga yuborishi mumkin.

Odatda, nomzodlardan quyidagi hujjatlar soʻraladi:

  • Buyuk Britaniya universitetlaridan biriga qabul qilinganligi haqida xat;
  • Motivatsion xat;
  • Baholar tarjimasi;
  • Tavsiyanoma;
  • Pasport yoki ID ning skaner nusxasi;
  • Til bilish haqidagi sertifikati nusxasi.

Eslatma: Ushbu hujjatlar roʻyxati grant dasturi, oʻqish darajasi va tanlangan universitet talabiga qarab oʻzgarib boradi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Buyuk Britaniya
Barcha talabalar uchun Buyuk Britaniyada IELTS sertifikatisiz oʻqish imkoniyati. Xarajatlar toʻliq qoplanadi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar