Tavsif
OECD — Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining amaliyot dasturi iqtisodiy-ijtimoiy sohadagi loyihalar ustida ishlash va ushbu tashkilotning korporativ vazifalarini qoʻllab-quvvatlash uchun yuqori malakali va gʻayratli talabalarni jalb qilish maqsadida tashkil etilgan. Uning asosiy maqsadi — muvaffaqiyatli nomzodlarga xalqaro muhitda tahliliy va texnik koʻnikmalarini oshirish imkoniyatini berish.
Tashkilotning asosiy vazifasi butun dunyodagi odamlarning iqtisodiy va ijtimoiy farovonligini yaxshilashdan iborat. OECD global muammolarga yechim izlash, tajriba almashish va oqilona siyosat yoʻlida hukumat, parlament aʼzolari, korxonalar, jamoatchilik rahbarlari, fuqarolik tashkilotlari va akademiklarni birlashtiradi.
Dasturga arizalar yil davоmida qabul qilinadi. Quyidagi yo‘nalishlarda amaliyot o‘tish mumkin:
Qishloq xo‘jaligi va baliqchilik
Sun’iy intellekt
Korrupsiyaga qarshi kurash
Korporativ boshqaruv
Raqamlashtirish
Iqtisodiyot
Ta’lim
Bandlik
Energiya
Atrof-muhit muhofozasi
Moliya
Gender tenglik va xilma -xillik
Salomatlik
Sanoat, innovatsiya va tadbirkorlik
Sug‘urta va nafaqa
Xalqaro migratsiya
Sarmoyadorlik
Yadro quvvati
Davlat boshqaruvi
Mintaqaviy rivojlanish
Normativ islohotlar
Fan va texnologiya
Statistika
Soliq
Turizm
Savdo va qishloq xo‘jaligi
Transport
Dastur haqida batafsil ma’lumotni ushbu havоla оrqali topish mumkin.