Barcha talabalar uchun Gretsiyaning Makrinitsiya shahrida Selina brendida amaliyot oʻtash imkoniyati
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
20 Dek, 2024 · Muddat tugagan

Barcha talabalar uchun Gretsiyaning Makrinitsiya shahrida Selina brendida amaliyot oʻtash imkoniyati

Amaliyot Qisman moliyalash

Tavsif

Gretsiyaning Makrinitsiya shahrida joylashgan nufuzli Selina tashkiloti dunyo boʻylab barcha bosqich talabalari uchun turli sohalarda amaliyot oʻtash imkoniyatini taqdim etadi. Ishtirokchilar 3-6 davomida tajribaga ega bo'lgan mutaxassislar bilan birga amaliyot o'taydi.

Dasturda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ishtirok etish mumkin:

  • Hospitality — mehmondoʻstlik;
  • Food & Beverage — oziq-ovqat va ichimliklar;
  • Tours — sayohatlar;
  • Wellness — sogʻlomlashtirish;
  • Education — taʼlim;
  • Construction — qurilish;
  • Real Estate — koʻchmas mulk;
  • CoWorking — hamkorlik;
  • Art & Design -sanʼat va dizayn;
  • Community Outreach — jamoatchilik bilan aloqa;
  • Sales and Marketing — savdo va marketing;
  • Technology — texnologiya.

Dasturga qabul qilingan talabalar oʻz tanlagan yoʻnalishlari boʻyicha xalqaro ekspertlar bilan birga ishlash, oʻz ustida rivojlanish sirlaridan boxabar boʻladi. Qolaversa, ushbu dastur kelgusi karyera va aloqalar (networking) uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Dasturning avvalgi mavsum ishtirokchilari fikrlari bilan ushbu havola  orqali tanishish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • Nomzod hozirda biror oliygoh talabasi boʻlishi lozim;
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Sertifikat talab etilmaydi;
  • Amaliyot oʻtash uchun universitetdan ruxsat olgan boʻlishi kerak;
  • Dasturda ishtirok etish uchun katta qiziqishga ega boʻlishi zarur.

Dastur talablari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Bepul turar joy;
  • Kuniga 2 mahal bepul oziq-ovqat;
  • Selina CoWork maydonlari, madaniy va sogʻlomlashtirish tadbirlariga bepul kirish;
  • Tugʻilgan kunida dam olish;
  • Volontyorlik harakatlarda qatnashish;
  • Oila aʼzolari uchun Selinadan savdo qilishga 25% chegirma va boshqalar.

Dastur imtiyozlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish uchun ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtishi va ariza topshirishi lozim.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Amaliyot

  • Moliyalashtirish

    Qisman moliyalash

  • Soha

    Amaliy fanlar va kasblar, Biznes boshqaruvi, Muhandislik va texnologiya, Sanʼat, dizayn va arxitektura, Mehmonxona biznesi, hordiq va sport

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh Barcha talabalar uchun Gretsiyaning Makrinitsiya shahrida Selina brendida amaliyot oʻtash imkoniyati
20 Dek, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.