Tavsif
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talaba-yoshlar orasida kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 4-mavsumini eʼlon qiladi.
Tanlovni oʻtkazishdan maqsad talaba-yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va kitob mutolaasini keng targʻib qilishdan iborat. Tanlovning asosiy vazifasi talaba-yoshlarning kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish, aholi hamda yoshlarning dunyoqarashi, soʻz boyligini kengaytirish, ijtimoiy faolligi va millat taqdiriga daxldorligini oshirish, kitobxonlik madaniyati, savodxonligini rivojlantirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iborat.
Tanlovda ishtirokchilarga, Deyl Karnegining “Doʻst orttirish va odamlarga taʼsir etish xususida” kitobi hamda Javlon Jovliyevning “Qoʻrqma” romani oʻqish uchun vazifa qilib beriladi. Kitoblarni oʻqish uchun 15 kun vaqt beriladi. Belgilangan vaqt yakunlangach, 24-avgust kunidan boshlab, 3 kun davomida har kuni 50 tadan (jami 150 ta) vazifa qilib berilgan kitoblar asosida tuzilgan test savollari @kitobtanlovbot manzilida berib boriladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.