Barcha tibbiyotga qiziquvchilar uchun JSST tomonidan bepul onlayn kurslar — Open WHO; kurs yakunida sertifikat taqdim etiladi
O‘zbekiston O‘zbekiston
30 Dek, 2025 · Muddat tugagan

Barcha tibbiyotga qiziquvchilar uchun JSST tomonidan bepul onlayn kurslar — Open WHO; kurs yakunida sertifikat taqdim etiladi

Kurslar Bepul ishtirok

Tavsif

Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkiloti(JSST)ning sertifikat taqdim etuvchi bepul kurslari butun dunyo boʻylab hamma uchun bepul va bir nechta tillarda taqdim etiladi.

Open WHO(Ochiq JSST) — yangi interaktiv veb-platforma 2017-yilda tashkil etilgan boʻlib, u epidemiyalar, pandemiyalar va sogʻliq uchun favqulodda vaziyatlarga tayyorlanayotgan yoki hozirda ishlayotgan odamlar uchun onlayn kurslarni taklif qiladi. Shuningdek, kurslar kasalliklar haqida xabardorlikni oshirish va odamlarning boshlangʻich tibbiy bilimga ega boʻlishini taʼminlaydi.

Platformada 165 xil tibbiyotga doir mavzudagi kurslar turli darajadagi oʻrganuvchilar uchun 65 xil tilda taklif etiladi.

Rasmiy sayt orqali kurslar haqida batafsil maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Yosh chegarasi belgilanmagan;
  • Millati, yashash joyidan qatʼi nazar barcha tibbiyotga qiziquvchilar istalgan vaqtda kurslarda qatnashishi mumkin.

Rasmiy sayt orqali kurslar haqida batafsil maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Barcha kurslar bepul va toʻliq onlayn formatda 65 xil tilda o'tiladi;
  • Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga sertifikat taqdim etiladi.

Rasmiy sayt orqali mavjud kurslar haqida batafsil maʼlumot olish mumkin.

Topshirish jarayoni

Kursni istalgan joydan turib erkin o'rganish mumkin. Qatnashish uchun ushbu havola orqali kerakli kursni tanlab, unga tashrif buyurish orqali o'qish mumkin. 

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Nemis tili, Fransuz tili, Rus tili, Xitoy tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Barcha tibbiyotga qiziquvchilar uchun JSST tomonidan bepul onlayn kurslar — Open WHO; kurs yakunida sertifikat taqdim etiladi
30 Dek, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.