Tavsif
DeutschAkademie onlayn nemis tili kursi tajribali nemis oʻqituvchilari tomonidan yaratilgan bepul kurs hisoblanadi. Undan hozirgi kursingizga bepul qoʻshimcha sifatida yoki mustaqil ravishda nemis tilini oʻrganish uchun foydalanish mumkin. Ushbu dasturda nemis tilini oʻrganish ishtiyoqidagi barcha nomzodlar qatnashishlari mumkin. Dasturdagi onlayn darslarga qoʻshimcha ravishda 25000 dan ortiq testlar, grammatik va tilga oid turli mashqlar ham berib oʻtilgan. Ishtirokchilarga malakali oʻqituvchilar tomonidan maslahatlar berib boriladi.
Dasturda ishtirok etish uchun kerakli yoʻnalishni tanlab roʻyxatdan oʻtish kerak boʻladi. Roʻyxatdan oʻtgandan soʻng esa mos keladigan til darajasini tanlab shu darajadan oʻrganish boshlanadi. Xohlovchilar uchun esa pulli kurslar ham mavjud.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.