Barcha yosh tadqiqotchilar uchun “Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” ilmiy-innovatsion ishlanmalar respublika tanlovi. Bosh sovrin - 30,000,000 so'm
O‘zbekiston O‘zbekiston
28 Fev, 2022 · Muddat tugagan

Barcha yosh tadqiqotchilar uchun “Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” ilmiy-innovatsion ishlanmalar respublika tanlovi. Bosh sovrin - 30,000,000 so'm

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi tomonidan talabalar (bakalavriat, magistratura), doktorantlar va yosh tadqiqotchilarni ilm-fan sohasidagi innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Yangi Oʻzbekistonning isteʼdodli yoshlari” ilmiy-innovatsion ishlanmalar Respublika tanlovi eʼlon qilinadi.

Tanlovga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy-innovatsion ishlanmalar (qurilma, asbob-uskunalar va boshqalar) 2022-yilning 24-yanvar kunidan 1-mart kuniga qadar qabul qilinadi:

– texnika va texnologiya;

– axborot texnologiyalari;

– tibbiyot;

– qishloq va suv xoʻjaligi;

– arxitektura va qurilish.

Tanlovda irqi va millatidan qatʼi nazar 40 yoshgacha boʻlgan barcha tadqiqotchilar (talaba, magistrant, doktorant, professor va tadqiqotchilar) ishtirok etishlari mumkin. Gʻoliblar tegishli miqdorda pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanadilar.

Tanlov haqida batafsil rasmiy havolada oʻqish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Tanlovga 40 yoshgacha boʻlgan tadqiqotchilar (talaba, magistrant, doktorant, professor va tadqiqotchilar) ishtirok etishlari mumkin;
  • Tanlovga taqdim etilayotgan ishlanmalarning ilmiy yangiligi (qiyosiy tahlil), dolzarbligi boʻlishi va qoʻllanish sohasi aniq aks etishi; texnik iqtisodiy tavsifi; ishlanmaga oid ilmiy ishlar roʻyxati (mavjud boʻlsa); ishlanmaning namuna nusxasi yoki innovatsion qurilma chizmalari boʻlishi lozim (Hujjat topshirishda shular taqdim tiladi);
  • Oʻzbek va rus tillarida ariza berish mumkin.

Tanlov nizomi bilan bu yerda batafsil tanishish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Tanlov g‘oliblari:

  • 1-o‘rin uchun 30 000 000 (o‘ttiz million) so‘m;
  • 2-o‘rin uchun 20 000 000 (yigirma million) so‘m;
  • 3-o‘rin uchun 10 000 000 (o‘n million) so‘m pul mukofoti va maxsus diplom bilan taqdirlanadi.

Topshirish jarayoni

Ilmiy-innovatsion ishlanmalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boshqarmasiga (nauka@edu.uz elektron manzili, telegram: 97-746-37-21) taqdim etiladi.

Qo'shimcha ma'lumot

Taqdim etilgan hujjatlar (ishlanmalar) yetakchi olimlardan iborat ekspertlar guruhi tomonidan mart-aprel oylari mobaynida ko‘rib chiqiladi va tanlov g‘oliblarni joriy yilning may oyida e’lon qilinadi.

Tanlovning baholanish tartibi bilan nizomda batafsil tanishish mumkin.

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun:

Telegram: 97-746-37-21

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Rus tili, O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Max: 40

O‘zbekiston Barcha yosh tadqiqotchilar uchun “Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” ilmiy-innovatsion ishlanmalar respublika tanlovi. Bosh sovrin - 30,000,000 so'm
28 Fev, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.