Tavsif
Yaponiya davlati tomonidan butun dunyo bo‘ylab o‘quvchilar uchun International Manga/Comic School tanlovini e’lon qilinadi. G‘oliblar pul mukofotlari, raqamli yaratish dasturi, qalam planshetlari va shuningdek, ommaviy axborot vositalarida chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Tanlovda qatnashish uchun bir necha kategoriyalar ham yutish uchun bir necha sovrinlar mavjud.Tanlovga arizalar quyidagi oltita nominatsiya bo‘yicha qabul qilinadi. Barcha kategoriyalar uchun mavzu - “Sayohat”.
Komikslar kategoriyasi (rangli) Barcha yoshdagilar uchun, original rangli komiks (muqovasi bilan birgalikda 8-32 bet);
Manga kategoriyasi (B&W/Color) Barcha yoshdagilar uchun original oq-qora yoki rangli manga (muqovasi bilan birgalikda 8-32 bet);
Bande Dessinee kategoriyasi (rangli) Barcha yoshdagilar uchun original bande desine (muqovasi bilan birgalikda 8-32bet);
Webtoon kategoriyasi (rangli) Barcha yoshdagilar uchun original webton (oʻlchami 800 x 40 000-144 000 piksel yoki kenglik 1 ga teng bo‘lganda 800 piksel yoki undan kam tasvir uchun balandlik nisbati 50 dan 180 gacha);
Storyboard kategoriyasi:
- Taqdim etilgan qo‘lyozmaga muvofiq chizilgan 4-16 betli manga, komiks yoki webtoon;
- Skript 1 ga binoan (pixiv ruxsati bilan);
- Skript 2 ga binoan (BookLive ruxsati bilan);
Ilyustratsiya kategoriyasi
Barcha yoshdagilar uchun original rangli illyustratsiya. Hech qanday o‘lcham talablari yo‘q.