Barcha yoshlar uchun IT sohasida bepul taʼlim va mukofot jamgʻarmasi 200 million soʻmlik xakaton — MohirFest festivalida ishtirok etish imkoniyati
O‘zbekiston O‘zbekiston
20 Noy, 2022 · Muddat tugagan

Barcha yoshlar uchun IT sohasida bepul taʼlim va mukofot jamgʻarmasi 200 million soʻmlik xakaton — MohirFest festivalida ishtirok etish imkoniyati

Kurslar Bepul ishtirok

Tavsif

Yoshlar ishlari agentligi va Mohirdev.uz onlayn taʼlim platformasi hamkorligida MohirFest 2022 festivaliga start berilmoqda.

Festival davomida siz bepul onlayn taʼlim olasiz. Shuningdek, eng yaxshi bitiruvchilar qatorida xakatonda ishtirok etishingiz, final bosqichda esa yaxshigina mukofot gʻolibi boʻlishingiz mumkin.

Festival 2 bosqichda boʻlib oʻtadi:

1-bosqich: Raqamli oromgoh.

Ishtirokchilar 1 oy davomida dasturlash va zamonaviy texnologiyalarni bepul onlayn oʻrganadilar.

2-bosqich: Xakaton.

Darslarni muvaffaqiyatli tugatgan ishtirokchilar sovrin jamgʻarmasi 200 million soʻmlik xakatonda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlishadilar.

Xakatonda ishtirokchilar quyidagi mavzulardan birini tanlab, oʻz loyihalarini namoyish qilishlari kerak boʻladi:

  • Taʼlim
  • Ayollar huquqlari
  • Ekologiya
  • Turizm

Har bir yoʻnalish boʻyicha birinchi uch oʻrinlarni egallagan jamoalarning har bir aʼzosi quyidagi sovgʻalar bilan taqdirlanadi:

1-oʻrin: Noutbuk

2-oʻrin: Planshet

3-oʻrin: eReader

Bundan tashqari, xakaton qatnashuvchilariga Mohirdev kurslari uchun turli xil chegirma va kuponlar taqdim etiladi

Festival 12-noyabr kuni start oladi.

To'liq ma'lumot bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

30 yoshgacha bo'lgan barcha ishtirok etishi mumkin.

Ta'lim ikki xil guruhda tashkil etiladi:

  1. Maktab o'quvchilari uchun.
  2. Barcha yoshlar uchun (30 yoshgacha).

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Mohirdev platformasidagi kuchli mutaxasislardan ta'lim olish.
  • Qimmatbaho sovg'alarga (noutbuk, planshet, eReader) ega bo'lga xakatonda ishtirok etish.

Topshirish jarayoni

Ishtirok etish uchun quyidagi sayt formasida ro'yxatdan o'tish talab etiladi.

Qo'shimcha ma'lumot

Darslar 12-noyabr kuni boshlanadi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Yosh chegarasi

    Max: 30

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Barcha yoshlar uchun IT sohasida bepul taʼlim va mukofot jamgʻarmasi 200 million soʻmlik xakaton — MohirFest festivalida ishtirok etish imkoniyati
20 Noy, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.