Tavsif
“Climate Change and Diversity: Sustainable Territorial Development” (CCD-STeDe) — iqlim oʻzgarishi boʻyicha barqaror hududiy rivojlanish sohasida mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan xalqaro qoʻshma magistrlik dasturi. Dastur hududlarda faoliyat yuritayotgan tashkilotlarga (korxonalar, mahalliy hamjamiyatlar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari, davlat boshqaruvi organlari) iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, xalqaro va madaniyatlararo jihatlarni oʻzida mujassam etgan barqaror rivojlanish siyosatini ishlab chiqishda yordam berish uchun mutaxassislarni tayyorlaydi.
Dasturda faqat toʻliq vaqtda oʻqish mumkin(full-time). Shuningdek, dasturning birinchi semestr Italiyada, keyingi semestrlar esa tanlangan akademik yoʻnalishga qarab boshqa davlatda davom ettiriladi.
Dastur uchun ingliz tili birinchi oʻqitish tili hisoblanadi hamda ispan, portugal yoki fransuz tillaridan biri yoʻnalishlarga qarab ikkinchi til sifatida tanlanadi.
Quyidagi 4 xil akademik yoʻnalishlardan birni tanlash mumkin:
- Iqlim oʻzgarishi, barqarorlik, rivojlanish (Padova universiteti va Universidad Andina Simón Bolivar oliygohi(Kito, Ekvador); oʻqitish tillari: ingliz va ispan tillari); (maksimal 15 ta talaba)
- Mintaqaviy va mahalliy tadqiqotlar (Padova va Universidade da Madeyra universiteti(Portugaliya); oʻqitish tillari: ingliz va portugal); (maksimal 10 ta talaba)
- Hududiy boshqaruv (Padova universiteti va Jozef Ki Zerbo universiteti(Ougadougou, Burkina-Faso); oʻqitish tillari: ingliz va fransuz (maksimal 15 ta talaba)
- Atrof-muhitni boshqarish (Padova universiteti va Yoxannesburg universiteti(Janubiy Afrika); oʻqitish tillari: ingliz va fransuz tillari); (maksimal 15 ta talaba).
Dastur haqida batafsil maʼlumot bilan ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.