Tavsif
United People Global (UPG) - bu dunyo bo‘ylab insonlarni ezgu ishlar qilishga rag‘batlantiruvchi va g‘oyalarini amalga oshirishda amaliy yordam beruvchi jamiyatdir. Jamiyat doirasida har yili Barqaror rivojlanish maqsadlariga qaratilgan dastur - Sustainable Development Goals- amalga oshirilib, millati, o‘qimishlilik va salomatlik darajasidan qat’i nazar, 500 dan ziyod yoshni yo‘nalish bo‘yicha o‘qitib kelmoqda.
Darslar onlayn tarzda bo'lib o'tadi.
2026-yil iyuldagi kurs yakunida har bir ishtirokchiga maxsus sertifikat taqdim etiladi. Ular orasida eng kuchli deb topilgan yetakchilar Xarrikens Oroliga (AQShda) 1 haftalik bepul sayohatni qo‘lga kiritadilar.
Dastur haqida batafsil bu yerda o‘qish mumkin.