Tavsif
Buyuk Britaniyaning Novartis granti bu insonlarning hayotini rivojlantirish va jiddiy kasalliklarga zamonaviy texnologiyalar orqali daʼvo topish maqsadida tashkillashtirilgan grant hisoblanadi. Dastur butun dunyo miqyosida yoshlarning innovatsion gʻoyalarini ragʻbatlantirib, shu orqali tibbiyotdagi global muammolariga yechim topishni moʻljallagan. Dasturda 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan barcha davlat fuqarolari ishtirok etishlari mumkin. Gʻoliblar loyihaning sogʻliqni saqlash tizimida qanchalik innovativligi, ahamiyatga egaligi va foydasi tegish darajasiga qarab saralab olinadi. Dastur doirasida 10 dan ortiq grant ajratilgan.
Grant gʻoliblari Buyuk Britaniyaning Belfast shahrida 2023-yil 2-5-oktyabr kunlari boʻlib oʻtadigan “One Young World 2023” xalqaro sammitida ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritishadi. Bundan tashqari ishtirokchilarning yoʻl, oziq-ovqat hamda turar-joy xarajatlari ham qoplab beriladi. Dasturga roʻyxatdan oʻtish jarayoni 2023-yil 15-maygacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.