Tavsif
Top-up Grants — Belgiyaning yetakchi universitetlaridan biri boʻlgan Ghent Universitetida ingliz tilida oʻqitiladigan magistrlik va ikkinchi magistrlik darajalarida tahsil olmoqchi boʻlgan xorijiy talabalar uchun grant dasturi.
Grant uchun alohida hujjat topshirish talab etilmaydi. Grant universitetda magistrlik darajasi, ikkinchi magistrlik darajasi dasturlariga hujjat topshirgan va qabul qilingan talabalar orasidan eng iqtidorli talabalarga taqdim etiladi.
2022-2023-oʻquv yili uchun jami 10 nafar talaba grant sohibi sifatida tanlab olinadi.
Universitetdagi magistrlik darajasi dasturlari va yoʻnalishlari bilan ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.