Tavsif
Belgiyada magistratura bosqichini 2024-2025 oʻquv yilida toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish uchun barcha xalqaro talabalarga Master Mind Scholarship granti taqdim etilmoqda. Grant gʻoliblari 10 000 yevro miqdorida stipendiya bilan taʼminlanadi. Bundan tashqari ularga yashash va boshqa xarajatlar uchun pul ajratiladi.
Grantdan asosiy maqsad iqtidorli yoshlarni mamlakatga jalb qilish va ularni sifatli taʼlim olishi hamda mavjud bilimlarini yanada kengaytirishi uchun uchun ragʻbatlantirishdir.
Dastur quyidagi universitetlarda amal qiladi:
- KU Leuven;
- University of Antwerp;
- Ghent University;
- Hasselt University.
Amaliy fan va sanʼat yoʻnalishi uchun quyidagi universitetlarga topshirish mumkin:
- Antwerp Maritime Academy;
- AP University of Applied Sciences and Arts;
- Erasmus Brussels University of Applied Sciences and Arts;
- HOGENT University of Applied Sciences and Arts;
- KdG University of Applied Sciences and Arts;
- LUCA School of Arts;
- PXL University of Applied Sciences and Arts.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.