Tavsif
Belgiyaning eng mashhur universitetlaridan biri Katholieke Universiteit Leuven oliygohining Science, yaʼni ilmiy fanlar yoʻnalishida magistratura bosqichini davom ettirmoqchi boʻlgan talabalar uchun Science@Leuven Scholarship dasturi taklif etiladi.
Ushbu dasturda dunyoning istalgan mamlakatidan kelgan ijtimoiy va akademik jihatdan faol, ushbu yoʻnalish boʻyicha yetarli bilim va koʻnikmaga ega boʻlgan isteʼdodli talabalar ishtirok etishi mumkin.
Dasturda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ishtirok etish mumkin:
- Master of Astronomy and Astrophysics
- Master of Biophysics, Biochemistry and Biotechnology
- Master of Biology
- Master of Chemistry
- Master of Geography
- Interuniversity Master of Geology
- Master of Mathematics
- Master of Physics
- Master of Statiscs and Data Science
Dasturga qabul qilinganlar magistrlik kursini ushbu yoʻnalishlarda bepul oʻqish bilan birga yillik stipendiya bilan taʼminlanadi.