Dasturga hujjat topshirish jarayoni quyidagicha:
Deutschlandstipendium Scholarship Program gʻoliblariga grant faqat qishki semestrdan boshlanadigan oʻqish uchun ajratiladi. Bu grantni faqatgina Freie Universität Berlinga grant uchun qoʻyilgan soʻnggi muhlat tugamasidan ariza topshirgan yoki qabul qilinganlar qoʻlga kiritishi mumkin. Boshqa universitetga hujjat topshirganlar qabul qilinmaydi.
Eslatma! Grant faqatgina qishki semestr uchun ajratiladi. Bakalavr bosqichi uchun ariza topshirish muddati 15-iyulgacha davom etadi. Magistratura uchun esa yo'nalishlarga qarab farq qiladi. Yo'nalishlar bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.
Dasturga hujjat topshirish quyidagi bosqichda amalga oshiriladi:
- Dasturning talablari bilan tanishib, unga mosligi yoki yoʻqligini tekshirish. Bu haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin;
- Grant bilan yaxshilab tanishib chiqish. Bu haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin;
- Hujjat topshirish uchun kerakli hujjatlarni tayyorlash. Bu haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin;
- Onlayn ariza shaklini toʻldirish va topshirish.
Dasturga quyidagi hujjatlarni topshirish kerak:
- Tugatgan oʻquv muassasasi diplomi. Bu hujjat haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin;
- Ish tajribasi yoki volontyorlik ishlari boʻyicha hujjatlar (agar mavjud boʻlsa). Bu hujjat haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin;
- Ijtimoiy kelib chiqishiga oid maʼlumotlar. Bu hujjat haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin;
- Boshqa qoʻshimcha hujjatlar. Bu hujjat haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Hujjatlarni topshirishga doir eslatmalar:
- Barcha hujjatlar onlayn ariza topshirish tizimi orqali pdf shaklida yuklanishi kerak;
- Har bir hujjat oʻzi soʻralgan qismga joylanishi shart;
- Har bir yuklangan fayl 3 MBdan koʻp boʻlmasligi kerak;
- E-mail yoki pochta orqali joʻnatilgan hujjatlar qabul qilinmaydi;
- Hujjatlarni ingliz yoki nemis tilida rasmiy tarjima qilingan holda yuklash zarur;
- Soʻralmagan keraksiz hujjatlarni yuklamaslik soʻraladi. Masalan: CV, tavsiyanoma, hujjatlarning rasmi, motivatsion xatlar va boshqalar.
Deutschlandstipendium Scholarship Programga ariza topshirish jarayoni bilan ushbu havola orqali batafsil tanishish mumkin.
Universitetga ariza topshirish va ariza holatini ushbu havola orqali kuzatib borish mumkin.