Bakalavriat talabalari uchun Shveysariyda toʻliq moliyalashtiruvchi 8 haftalik yozgi maktab — The Biology Summer Undergraduate Research School
Shveytsariya Shveytsariya
30 Dek, 2025 · Muddat tugagan

Bakalavriat talabalari uchun Shveysariyda toʻliq moliyalashtiruvchi 8 haftalik yozgi maktab — The Biology Summer Undergraduate Research School

Yozgi maktab To'liq moliyalash

Tavsif

Lozanna Universiteti tomonidan hayotiy fanlar - Life Science (biologiya, immunologiya, anatomiya, zoologiya va b. To'liq ro'yxat bu yerda) bo‘yicha tahsil olayotgan bakalavr talabalari uchun  Lozanna universiteti yoki ETH Zurichning ishtirokchi laboratoriyalaridan birida muhim tadqiqot loyihasini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi The Biology Summer Undergraduate Research School (SUR) yozgi maktabini e’lon qiladi. 

Dastur 8 hafta davom etib, bunda SURning qizg‘in o‘quv dasturi orqali ishtirokchi talabalar nafaqat labaratoriya usullari va nazariy tamoyillari bilan tanishadilar, balki ilmiy fikrlash va ilmiy muloqot qilish ko‘nikmalariga ham ega bo‘lishadi. 

Dasturga har yili 15 nafar talabalar qabul qilinib, dastur davomida turli xil mashg‘ulotlar bo‘lishi bilan bir qatorda tadqiqot va ilmiy muassasalariga tashriflar, tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dastur uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • Dasturda barcha davlat fuqarolari ishtirok eta oladi;
  • Biologiya, tibbiyot va shunga aloqador hayotiy fanlar (Life Science) bo‘yicha bakalavriatning 2-kursini tugatgan va 3-kursda o'qiyotgan talabalar qatnashishi mumkin;
  • Ingliz tilini yaxshi bilish kerak.

Dastur bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Eslatma: jismoniy terapiya, bolalar bog'chasi, stomatologiya yoki veterinariya fanlari bo'yicha o'qiydiganlarning arizasi qabul qilinmaydi.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi imtiyozlarga ega bo‘lishadi:

  • Borib-kelish xarajatlari uchun CHF 1200 ($1,480) beriladi;
  • Turar-joy xarajatlari qoplanadi;
  • Mahalliy xarajatlarning bir qismini  qoplaydigan miqdorda mablag‘ -CHF 1500 ($1,860) ajratiladi;
  • Dastur davomida Shveysariyaning olis hududlariga 3 kunlik safar, tadqiqot va ilmiy muassasalariga tashriflar, boshlang‘ich va yakuniy tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Eslatma: viza va tibbiy sug'urta xarajatlari qoрlab berilmaydi!

Topshirish jarayoni

Dasturga arizalar ushbu havola orqali topshiriladi

Hujjat topshirishda quyidagilar so‘raladi:

  • Anketa shakli;
  • Universitetda olgan baholari ko‘rsatilgan rasmiy hujjat;
  • 2 ta tavsiyanoma. Ariza shaklida tavsiya beruvchilarning aloqa ma'lumotlarini ko'rsatish so'raladi. Chunki tavsiya xati shablonini to'ldirishni so'rab, ularga avtomatik elektron pochta xabari yuboriladi.

Ariza toрshirish haqida batafsil ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Qoʻshimcha maʼlumotlar:

  • Avvalgi mavsumlar haqida
  • Qoʻshimcha savollar uchun: sur@unil.ch
  • Tanlangan ishtirokchilar elektron pochta orqali ariza topshirishning oxirgi muddatidan taxminan olti hafta oʻtgach xabardor qilinadi.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Yozgi maktab

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Soha

    Tabiiy fanlar va matematika

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Shveytsariya Bakalavriat talabalari uchun Shveysariyda toʻliq moliyalashtiruvchi 8 haftalik yozgi maktab — The Biology Summer Undergraduate Research School
30 Dek, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.