Yоshidan qatʼi nazar barcha uchun insholar tanlovi — Biopage Storytelling Writing Contest
Amerika Qo‘shma Shtatlari Amerika Qo‘shma Shtatlari
30 Iyl, 2026 · 32 kun qoldi

Yоshidan qatʼi nazar barcha uchun insholar tanlovi — Biopage Storytelling Writing Contest

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Biopage sahifasi dunyo bo'ylab barcha davlat fuqarolari uchun Biopage Storytelling Writing Contest insholar tanlovini eʼlon qiladi. Ushbu tanlovda millati va ijtimoiy kelib chiqishidan qat'i nazar barcha yoshdagi nomzodlar ta'sirli va kayfiyat bag'ishlоvchi ma'lum voqea haqida yozilgan insholari bilan ishtirok etishlari mumkin. Insho mavzusi ixtiyoriy. 

Inshoda bayon etilgan voqea nomzod uchun katta ahamiyatga ega va hayotida muhim oʻrin tutgan boʻlishi lozim. Insholar ingliz tilida, qolaversa, o'ziga xos uslubda, hakamlar e'tiborini torta oladigan darajada mukammal holda yozilishi kerak. Tanlov g'oliblari pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tanlovda 2026-yil 31-iyulga qadar ishtirok etish mumkin. 

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Tanlovda millati va ijtimoiy kelib chiqishidan qatʻi nazar 13 yoshdan katta barcha nomzodlar qatnashishi mumkin.

Insho uchun qoʻyilgan talablar:

  • Insholar ingliz tilida yozilgan boʻlishi va hayajоnlantiruvchi, kayfiyat kо'taruvchi va qalbni quvоntiruvchi ruhda yоzilgan boʻlishi lozim;
  • Ijodiy ishlar hajmi 5000 belgidan (taxminan 1000 soʻzdan) oshmasligi kerak

Talablar haqida batafsil ushbu havola orqali maʻlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Mukofotlar:

  • Tanlovda eng koʻp ovoz yigʻgan nomzod $300 pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
  • Yana 5 ta eng yaxshi insholar uchun $100 dan pul mukofoti beriladi

Tanlov manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin.

Topshirish jarayoni

Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar quyidagi bosqichlarni bajarishi lozim:

  • Avval ushbu saytdan roʻyxatdan oʻtishi va profil ochib oʻzi haqida ingliz tilida qisqa tarjimayi hol yozishi kerak;
  • “Update” tugmasini bosib ijodiy inshoni sarlavha va mavzuga oid rasm yoki video bilan birga joylashi lozim. Teg qoʻyayotganda “writing contest” tagidan foydalanish kerak. Ushbu sahifaning havolasini nusxalab olish shart;
  • Ushbu sahifadagi “Enter the Contest” tugmasini bosib nusxalangan havolani shu yerga joylashi va doʻstlarga tarqatishi kerak.

Sifatli va eng koʻp ovoz yigʻgan ishlar tanlovda gʻolib boʻladi. 

Tanlovda 2026-yil 31-iyulga qadar ishtirok etish mumkin. 

Qo'shimcha ma'lumot

Avvalgi tanlov gʻoliblari va ularning ishlari bilan  ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Tanlov haqida batafsil rasmiy sahifa orqali batafsil maʻlumot olish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

AQSh Yоshidan qatʼi nazar barcha uchun insholar tanlovi — Biopage Storytelling Writing Contest
30 Iyl, 2026
32 kun qoldi
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.