Tavsif
Xalifa universiteti 1989-yilda tashkil etilgan va Abu-Dabida joylashgan akademik universitetdir. Universitet Times Higher Education Asia University Rankings tomonidan Osiyoning eng yaxshi universitetlari orasida 28-oʻrinni egallaydi. QS University Ranking maʼlumotlariga koʻra, u dunyodagi eng yaxshi universitetlar orasida 202-oʻrinni egallaydi.
Mintaqaviy va xalqaro miqyosda talab katta bo‘lgan ko‘nikma va sohalarga qaratilgan Xalifa Universiteti tо'liq va qisman moliyalashtiruvchi, magistrlik darajasida o‘qishga imkon beruvchi grant dasturini e’lon qiladi.
Grant dasturi g‘olib nomzodning o‘qish to‘lovlarini to‘liq qoplaydi va oyiga 8000 dirham stipendiya bilan ta’minlaydi.
Talabalar universitet xodimlari bilan birgalikda ilmiy-texnik ko‘nikmalarni yaxshilash uchun ilmiy laboratoriyalarda ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Universitet muhandislik, texnоlоgiya, san’at va ilmiy fanlar bo‘yicha kurslarni taklif qiladi.