Tavsif
BAA davlati sun’iy intellekt sohasida yuqori bilim va ko‘nikmalarni egallashga mo‘ljallangan Mohamed bin Zayed University of Artificial Intelligence (MBZUAI) oliygohida magistratura va PhD bosqichida o‘qimoqchi bo‘lgan talabalar uchun grant dasturini e’lon qiladi. Dasturga universitetning oldingi bosqich(lar)ida S.T.E.M sohalari bo‘yicha tahsil olgan talabalar hujjat topshira oladilar.
MBZUAI maqsadi inklyuziv va rivojlanish madaniyatini qadrlaydigan va targ‘ib qiladigan muhitni yaratishdir. Qabul qilingan talabalar o‘quv to‘lovidan to‘liq ozod bo‘lish, oylik stipendiya hamda boshqa imtiyozlarga ega bo‘lishadi.