Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan Xalifa Universitetida magistratura va PhD bosqichini davom ettirishni istaganlar uchun to‘liq qoplanuvchi grant
Birlashgan Arab Amirliklari Birlashgan Arab Amirliklari
16 Okt, 2021 · Muddat tugagan

Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan Xalifa Universitetida magistratura va PhD bosqichini davom ettirishni istaganlar uchun to‘liq qoplanuvchi grant

Magistratura +1 To‘liq taʼlim To'liq moliyalash

Tavsif

Birlashgan Arab Amirliklari(BAA)ning Xalifa Fan va Texnologiya Universiteti magistratura hamda doktorantura dasturlarida kunduzgi ta'limda oʻqiyotgan xalqaro talabalarni qoʻllab-quvvatlash uchun Combined Master/Doctoral Research Teaching Scholarship grant dasturini taqdim etadi. Grant dasturi talabaning barcha xarajatlarini qoplaydi, xususan sayohat xarajatlari, universitetda o'qish to'lovlari, sug'urta, turar-joy hamda oylik stipendiya bilan ta'minlaydi.

Eslatma: Nomzod talabalar magistrlik va doktorlik darajalarining ikkalasini ham Xalifa universitetida o'qishi lozim.   

Kimlar uchun mo'ljallangan

Nomzodlarga qo'yiladigan talablar:

  • Bakalavr darajasiga ega bo'lish;
  • BAA fuqarosi bo'lmaslik;
  • Xalifa universitetida magistratura va doktorantura darajasida o'qiyotgan bo'lish yoki yangi qabul qilinish.

Xalifa universitetida o'qish talablari:

  • CGPA: 3.0-4.0(magistratura uchun); 3.25-4.0(doktorantura uchun);
  • iBT TOEFL - 91/ IELTS - 6.5/ EmSAT English score - 1550;
  • GRE minimum - 150;
  • Kamida 2ta tavsiyanoma (onlayn ariza shakli orqali);
  • Shaxsiy bayonot xati (500-1000 soʻzli);
  • Tadqiqot bayonoti( 500-1000 soʻzli) - faqat doktorantura uchun;
  • Intervyu.

Imtiyozlar va qulayliklar

Grant dasturi quyidagilarni o'z ichiga oladi:

  • Universitetda o'qish toʻlovlarini toʻliq qoplash;
  • Universitet hududida bepul turar joy (yoki universitet talabalari uchun universitet turar joyi mavjud boʻlmasa, oyiga 2,000 BAA dirhami miqdorida turar joy yordami);
  • Magistrlar uchun 8,000 BAA dirhami (~$2,200), doktorantlar uchun 12,000 BAA dirhami (~$3,300) oylik stipendiya;
  • Universitet qoidalariga binoan Xalifa universiteti homiylik qilgan talabalar uchun tibbiy sugʻurta qoplab berilishi (talabalik vizasi);
  • Chet ellik talabalar uchun mobilizatsiya va demobilizatsiya parvozlarida yordam;
  • Xalqaro ilmiy konferensiyalarda qatnashishni qoʻllab -quvvatlash;

Oylik stipendiya:

  • Magistrlik davrida: 8,000 BAA dirhami (~$2200)
  • Doktorlik davrida: 12,000 BAA dirhami (~$3300)

Topshirish jarayoni

  1. Hujjatlar universitet qabul saytiga ushbu havola orqali topshiriladi 
  2. Xalifa universitetiga magistratura va doktorantura bosqichida o'qish uchun qabul qilingan talabalar grant dasturiga avtomatik tarzda nomzod sifatida taqdim etiladi.

Qo'shimcha ma'lumot

Grant uchun tanlov natijalari 2021-yil noyabr oyining oxirida e'lon qilinadi.

Tel: +971 2 401 8000

Qabul jarayoni yuzasidan qo‘shimcha savol va murojaatlar uchun: pgadmission@ku.ac.ae 

Onlayn ariza topshirish jarayonidagi texnik muammolar yuzasidan bog'lanish uchun: servicedesk@ku.ac.ae 

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Daraja

    Magistratura, PhD

  • Soha

    Muhandislik va texnologiya, Sanʼat, dizayn va arxitektura, Tibbiyot va sogʻliqni saqlash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

  • IELTS talabi

    Min: 6.5

BAA Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan Xalifa Universitetida magistratura va PhD bosqichini davom ettirishni istaganlar uchun to‘liq qoplanuvchi grant
16 Okt, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.