Tavsif
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand moddalar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi (UNODC) Markaziy Osiyo davlatlaridan (Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston) 14-35 yosh oraligʻidagilar uchun hududiy yoshlar tanlovini — UNODC ROCA Regional Youth Competition taqdim etadi. Tanlov xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan oʻtkazilmoqda.
Har bir yoʻnalish boʻyicha mintaqaning 5 ta davlatidan 1 nafardan gʻolib aniqlanadi. Gʻoliblarga giyohvandlikdan holi jamoalarni ijodiy himoya qilishni qoʻllab-quvvatlovchi qimmatli vositalar taqdim etadi.
Tanlov mavzusi: “The evidence is clear: invest in prevention”.
Dasturdan asosiy maqsad yoshlarga oʻzlarining ijodkorlik qobiliyati, ishtiyoqi va fidokorligi orqali ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirishi, barqaror va giyohvandlikdan holi jamiyat qurishga hissa qoʻshishi uchun imkoniyat yaratishdan iborat. Tanlov Markaziy Osiyo boʻylab yoshlarni ijodiy va innovatsion yechimlar orqali giyohvandlik va noqonuniy savdo bilan bogʻliq koʻp qirrali muammolarni hal qilishga jalb etishga qaratilgan.
Tanlovda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha qatnashish mumkin:
- Written (yozma): Ocherk, tadqiqot ishlari, maqola, sheʼr, hikoya va boshqa koʻrinishdagi yozma ishlar (maksimal 1000 ta soʻz);
- Audio-Visuals (audio-vizual): Video, podkast, multimedia taqdimotlari va hokazo (maksimal 2 daqiqa);
- Visuals (vizual/tasvir): Sanʼat asari, fotografiya, raqamli illyustratsiya, grafik dizayn, plakat va boshqa koʻrinishdagi tasvirlar (maksimal 3 dona).
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.