Tavsif
The Preventive Diplomacy Academy (PDA) of the United Nations Regional Centre for Preventive Diplomacy for Central Asia (UNRCCA) — Birlashgan Millatlar Tashkiloti(BMT)ning Markaziy Osiyo uchun Profilaktik Diplomatiya boʻyicha Mintaqaviy Markazi (UNRCCA)ning Profilaktik Diplomatiya Akademiyasi (PDA) 18 yoshdan 29 yoshgacha boʻlgan Markaziy Osiyo va Afgʻoniston yoshlari uchun har yili Profilaktik Diplomatiya boʻyicha treninglar tashkil qiladi. UNRCCA Profilaktik Diplomatiya Akademiyasi faoliyati Youth Strategy 2030 va BMT Xavfsizlik Kengashining 2015-yilda qabul qilingan 2250 — “Youth, Peace and Security,“ rezolyutsiyasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ishtirokchilar ochiq tanlov asosida ularning taqdim etgan arizalari va onlayn intervyu natijalariga qarab qabul qilinadi. Jamiyatda faol boʻlgan, ariza topshirishda oʻzining kuchli ishtiyoqi va salohiyatini koʻrsatib bera olgan yoshlar akademiya tomonidan tashkil etilgan onlayn treninglarda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi.
Treninglar quyidagi mavzularni qamrab oladi:
- profilaktik diplomatiya asoslari;
- nizolarni oldini olish strategiyalari;
- madaniyatlararo muloqot;
- kibermakonda axborot xavfsizligi;
- inson huquqlari;
- zoʻravon ekstremizmning oldini olishda yoshlarning roli va ishtiroki;
- yetakchilik qobiliyatlari va samarali muloqot;
- “YPS” va “2030 Agenda” bilan bogʻliq boshqa mavzular.
Trening va darslarning aksariyati onlayn formatda oʻtkaziladi va shuning uchun mashgʻulotlarda toʻliq ishtirok etish uchun barqaror internet aloqasi kerak boʻladi.
Akademiya taqdim etadigan imkoniyatlar va loyiha haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.