Tavsif
American University of Central Asia (AUCA) ning Institute Education tomonidan magistratura bosqichida o‘qish uchun Master of Arts in Teaching (MAT) dasturini taqdim qiladi.
Dastur maqsadi Markaziy Osiyoda oʻqituvchilarni rivojlantirish boʻyicha global yoʻnaltirilgan dasturni, shu jumladan, ilmiy fanlarga asoslangan va amaliyotga yoʻnaltirilgan taʼlimni amalga oshirishdan iborat boʻlib, uning bitiruvchilari Markaziy Osiyoda fuqarolarning yangi avlodini shakllantirishda muhim rol oʻynaydi. Dastur talabalarning ta’lim sohasida chuqur bilim va ko‘nikmalarni egallash, kognitiv va ijtimoiy-emotsional ta’limni tanqidiy baholash, tadqiqot usullari va natijalarini amaliyotga tatbiq etish, bilimlarning turli sohalaridagi ma’lumotlarni integratsiyalash va o‘z kasbiy faoliyatida innovatsion yondashuvlardan foydalanish qobiliyatini shakllantiradi.
Dasturga o'qituvchilik faoliyati bilan professional shug'ullanib kelayoganlar ham topshirishishi mumkin. Markaziy Osiyo, jumladan, O'zbekiston fuqarolari uchun 7 ta grant ajratilgan.
Dastur Markaziy Osiyoda oʻqituvchilar taʼlimi boʻyicha yagona ikki darajali magistratura dasturi boʻlib, Nyu-Yorkdagi Bard kolleji va Qirgʻiziston Taʼlim vazirligining magistrlik darajasini taklif qiladi. Dasturga qabul qilinganlar kontrakt pulidan qisman ozod bo‘ladi.
Kontrakt puli bir o‘quv yili uchun $5000 jami $10 000 ni tashkil qiladi.
Dasturning davom etish muddati: 2 yil.
O'qishni ishlab turgan holda (part-time) yoki izchil (intensive) davom ettirish mumkin. Dastur haqida batafsil ma'lumot bu yerda berilgan.