Tavsif
Qirgʻiziston poytaxti Bishkekda joylashgan The OSCE Academy tomonidan bakalavr bosqichini iqtisodiyot (Economics) yoʻnalishida davom ettirish uchun 20-25 oʻringa moʻljallangan grant dasturi eʼlon qilindi.
The OSCE Academy (Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti) Qirgʻiziston Respublikasida 2002-yildan buyon oʻz faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda. Dasturning asosiy maqsadi - xalqaro aloqalar, iqtisod va davlat boshqaruvi sohasida taʼlim olishni xohlovchi kuchli ilmiy salohiyatga ega boʻlgan iqtidorli talabalarni oʻqitish va ularga OSCE Academy asosiy tamoyillari va qadriyatlarini koʻrsatish.
Dasturga qabul qilingan nomzodlar uchun oʻqish 2022-yil 1-sentyabrdan boshlanadi va barcha xarajatlar toʻliq moliyalashtiriladi.