Tavsif
Dushanbe va Bishkekdagi OSCE akademiyasi hamkorligida Markaziy Osiyoda suv siyosati mavzusida boʻlib oʻtadigan 6-seminar treningga qabul boshlandi.
Dastur 21-25-mart kunlarida Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida boʻlib oʻtadi. Unda Markaziy Osiyo davlatlaridan: Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston suv siyosati va shunga aloqador sohalarda ilmiy ish borayotgan olimlar qatnashadilar.
Trening davomida olimlar o‘z ishlarini Central Asian Journal of Water Research jurnaliga kiritishlari va chop etishlari mumkin.
Dastur ishtirokchilarning barcha xarajatlarini: borib-kelish, turar-joy, oziq-ovqat qoplaydi.