Tavsif
OSCE akademiyasi fondi Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti (OSCE) tomonidan 2002-yilda Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida tashkil etilgan. Ushbu dastur asosan taʼlimni rivojlantirishga qaratilgan boʻlib, har yili 25-30 nafargacha talabalar quyidagi yoʻnalishlarda magistratura kurslarida grant asosida taʼlim olmoqda:
Ushbu kurslar davomida yosh mutaxassislar siyosat va xavfsizlikka oid bilimlarini mustahkamlash bilan birga, xalqaro munosabatlarni yaxshilash, ziddiyatlarni oldini olish, iqtisodiyot va boshqaruv boʻyicha ham katta koʻnikmaga ega boʻladilar.
Magistraturada oʻqish 2024-yil 1-sentyabrdan boshlanib 2026-yil 28-fevralgacha davom etadi. Dasturga qabul qilingan barcha talabalar yozgi tayyorlov kursida ishtirok etishlari shart.. Har ikkala magistrlik kurslari toʻliq kunduzgi taʼlim shaklida boʻlib oʻtadi va talabalarning barchasi Bishkekka kelib oʻqishlari kerak.