Tavsif
“Female Founders Across Borders” bu Latviyadagi “Riga Tech Girls” hamda Oʻzbekistondagi “Tech4Impact NGO” oʻrtasidagi qoʻshma dastur boʻlib, Latviya tashqi ishlar vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi. Dasturdan asosiy maqsad Latviya va Oʻzbekistondagi ayollar tomonidan yaratilgan hamda yuritilayotgan biznesni ragʻbatlantirish, shuningdek, ularni treninglar, mentorlar maslahati hamda almashinuv loyihalari bilan tanishtirishdir. Dasturda oʻz biznesini yaratgan, IT sohasida biznesiga ega, IT boʻyicha startap loyihasini amalga oshirmoqchi boʻlgan yoki oʻz biznesini yangi texnologiyalar yordamida kengaytirish va rivojlantirish maqsadida boʻlgan ayollar qatnashishlari mumkin. Treningda qatnashish uchun yosh chegarasi belgilanmagan.
Nomzodlar dasturda mentor yoki ishtirokchi sifatida ariza topshirishlari mumkin. Dasturga saralab olingan nomzodlar bilan treninglar va maxsus uchrashuvlar boʻlib oʻtadi. Dasturning final bosqichiga chiqqan oʻzbek ishtirokchilari Latviyaga, Latviyalik ishtirokchilar esa Oʻzbekistonga barcha xarajatlari toʻliq qoplanadigan biznes sayohat qilish imkoniyatini qoʻlga kiritishadi. Treninglar uchun dastlab jami 15 ta nomzod saralab olinadi. Final bosqichida esa 5 ta Oʻzbekistonlik hamda 5 ta Latviyalik nomzodlar saralanadi. Dasturga ariza topshirish jarayoni 2022-yil 10-noyabrgacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.