Biznes gʻoyasiga ega yoshlar uchun Qoraqalpogʻiston yoshlar texnoparkidan InnoX biznes-inkubator loyihasi
O‘zbekiston O‘zbekiston
24 Yan, 2023 · Muddat tugagan

Biznes gʻoyasiga ega yoshlar uchun Qoraqalpogʻiston yoshlar texnoparkidan InnoX biznes-inkubator loyihasi

Xalqaro musobaqalar Bepul ishtirok

Tavsif

Qoraqalpogʻistondagi Yoshlar Texnoparki oʻz biznesini yaratmoqchi boʻlgan yoshlar uchun InnoX biznes-inkubator loyihasini tashkil etmoqda. Dasturda biznes gʻoyasi yoki loyihasiga ega boʻlgan qoraqalpoq yoshlari ishtirok etishlari  mumkin.

Loyiha maqsadi oʻz shaxsiy biznesini yoʻlga qoʻymoqchi boʻlgan yoshlarning gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash va moddiy yordam koʻrsatish orqali innovatsion gʻoyalarni biznesga aylantirishda koʻmaklashishdan iborat.

Dastur Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlanish Vazirligi huzurdagi Yoshlar Texnoparkida qoraqalpoq tilida boʻlib oʻtadi. Dasturda qatnashish mutlaqo bepul.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Inkubatorda oʻzining innovatsion biznes gʻoyasi yoki loyihasiga ega boʻlgan barcha yoshlar qatnashishlari mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Loyiha ishtirokchilarga quyidagilarni taqdim etadi:

  • Individual/ jamoaviy mentor hamda trenerlik yordamidan foydalanish;
  • Bepul vorkshop va trening darslarida qatnashish;
  • Loyihani rivojlantirish va real bozorga chiqarish.
  • Asosiysi, loyihada ishtirok etgan muvaffaqiyatli loyihalar moddiy ragʻbatlantiriladi.

Dastur manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish uchun ushbu havola orqali onlayn ariza topshirish lozim.

Qo'shimcha ma'lumot

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.

Manzil: Nukus shahri, A. Shomurodov koʻchasi, Yoshlar texnoparki

Qoʻshimcha murojaatlar uchun: (+998) (97) 668 07 47.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Biznes gʻoyasiga ega yoshlar uchun Qoraqalpogʻiston yoshlar texnoparkidan InnoX biznes-inkubator loyihasi
24 Yan, 2023
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.