Tavsif
GoViral jamoasi #GoMentor mentorlik dasturiga arizalar qabuli boshlanganini mamnuniyat bilan eʼlon qiladi.
Ushbu dastur GoViral hamjamiyati aʼzolari uchun biznes, media, texnologiya va madaniyat sohalarida murabbiylar bilan ishlash imkoniyatini beradi.
Dastur aralash yaʼni oflayn hamda onlayn formatda oʻtkaziladi.
Ushbu mentorlik dasturi GoViral hamjamiyatining faol aʼzolariga loyiha qilishning 4 ta asosiy sektori boʻyicha murabbiylar bilan ishlash imkoniyatini yaratadi. Ular quyidagilar:
- Biznes;
- Media;
- Madaniyat;
- Texnologiya.
Ishtirokchilar mentorlar koʻmagida kasbiy va shaxsiy oʻsish uchun yangi bilim va koʻnikmalarni oʻrganishlari va oʻz karyeralarida yangi istiqbollarga ega boʻlishlari mumkin boʻladi.
Dastur 10-avgustdan 10-sentyabrgacha (1 oy) davom etadi. Bu vaqt mobaynida ishtirokchilar oʻz mentorlari bilan qulay vaqt va sharoitda guruh yoki individual tarzda uchrashishlari mumkin boʻladi. Haftada bir marta yigʻilishlar talab etiladi. Qoʻshimcha uchrashuvlar va muloqotlar uchun nomzodlar vaqtni oʻz murabbiylari bilan dasturning barcha ishtirokchilarining imkoniyatiga qarab belgilashlari mumkin.
Dastur asosan rus tilida boʻladi. Biroq murabbiylar bilan muloqot oʻsha mamlakatning mahalliy tilida boʻlishi ham mumkin.
- Azamat Majidov - GDG organizer, Technovation Challenge mentori
- Fakhriddin Olimov — Product Designer
- Ulugbek Ismatov — MPMG Direktor, CEO BeCreative
- Inara Asanova — Marketing Mutaxassisi
- Nematjon Mansurov — Marketing Strategiyalari menejeri
- Anvarbek Suvonkulov - Rejissyor
Eslatma: Har bir mentor atigi 2 nafar ishtirokchi qabul qiladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.