Biznes va STEM sohasiga qiziquvchi talabalar uchun Toshkent Amerika elchixonasi tomonidan 8 haftalik yozgi amaliyot dasturi
O‘zbekiston O‘zbekiston
24 Mar, 2021 · Muddat tugagan

Biznes va STEM sohasiga qiziquvchi talabalar uchun Toshkent Amerika elchixonasi tomonidan 8 haftalik yozgi amaliyot dasturi

Bakalavr Amaliyot Stipendiya

Tavsif

Dastur haqidagi asosiy maʼlumotlar:

  • Jamoaviy ishlash koʻnikmalarini rivojlantirish va kompaniya rahbari bilan dolzarb muammolarni birgalikda hal etish;
  • Professional netvorkingni kengaytirish imkoniyati;
  • Maxsus trening darslari orqali professional darajada oʻsish (kasbiy rivojlanish);
  • Ish beruvchilar tomonidan talab qilinadigan asosiy koʻnikmalarni oʻzlashtirish va rezyumeni yana-da boyitish imkoniyati;
  • Biznes kurslarini ingliz tilida bepul oʻzlashtirish;
  • Malakali mutaxassis ekanligini tasdiqlovchi sertifikat

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Biznes va STEM sohalarida oʻz karyerasini davom ettirishni xohlovchilar;
  • Hozirda Oʻzbekiston Oliy taʼlim muassasasida tahsil olishi yoki 2021-yil may oyiga qadar tamomlashi;
  • Ingliz tilini bilish darajasini tekshiruvchi bepul onlayn test topshirish

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Professional mahoratlaringizni mustahkamlash imkoniyati;
  • Amerikalik malakali mutaxassis tomonidan onlayn darslar davomida kasbiy koʻnikmalar boʻyicha yoʻnalish olish;
  • Toshkentda yashash xarajatlarini qoplash uchun 250$ miqdorida stipendiya beriladi;
  • Amerika kengashlari sizni kasbiy maqsadlaringizga mos keladigan uchrashuvlar tashkil etadi

Qo'shimcha ma'lumot

Dastur davomiyligi: 1-Iyul – 31-Avgust, 2021-yil;

Jami 30 nafar talaba qabul qilinadi. Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtganlarning har biri ikkita mezbon kompaniyalar tomonidan intervyu qilinadi.

Muhim tafsilotlar

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Imkoniyat turi

    Amaliyot

  • Moliyalashtirish

    Stipendiya

  • Daraja

    Bakalavr

  • Soha

    Biznes boshqaruvi, Kompyuter fanlari va IT, Muhandislik va texnologiya, Gumanitar fanlar, Tabiiy fanlar va matematika

O‘zbekiston Biznes va STEM sohasiga qiziquvchi talabalar uchun Toshkent Amerika elchixonasi tomonidan 8 haftalik yozgi amaliyot dasturi
24 Mar, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.