Tavsif
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi 5-dekabr –Butunjahon raqobat kuni munosabati bilan mamlakatimizda raqobat va tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonunchilikning keng targ‘ib qilinishini ta’minlash, aholi va tadbirkorlik subyektlarining raqobat to‘g‘risidagi, tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonunchilik bo‘yicha huquqiy madaniyati va huquqiy ongini yuksaltirish, tovar va moliya bozorida o‘zaro raqobatlashuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raqobatchiga zarar yetkazadigan yoki yetkazishi mumkin bo‘lgan harakatlarni amalga oshirishining oldini olish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustun mavqeni suiiste’mol qilishining, “kartel” kelishuvlari va til biriktirishlarga qarshi kurashishni hamda insofsiz raqobat holatlarini aniqlash va ularga chek qo‘yishni yanada jadallashtirish, bu borada Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, tanlov (tender) savdolarida va iqtisodiy kontsentratsiyaga oid monopoliyaga qarshi talablarning mazmun mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida “Raqobat bilan rivojlanish sari” nomli jurnalist va blogerlar hamda soha qiziquvchilari oʻrtasida tanlov eʼlon qiladi.
Ijodiy ishlar o'zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.
Tanlov ishtirokchilari quyidagi nominatsiyalar boʼyicha saralab olinadi:
- "Eng yaxshi reportaj" (televidenie yoʼnalishida);
- "Eng yaxshi maqola" (bosma nashr yoʼnalishida);
- "Eng yaxshi maqola" (internet yoʼnalishida);
- "Eng ommabop va qiziqarli blogpost" (blogerlik yoʼnalishida).
Talov g'oliblari zamonaviy komyuter, planshet va telefon kabi qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.