BMT tomonidan innovatsion gʻoyaga ega barcha uchun Italiyada oʻtkaziladigan xalqaro forum — World Food Forum 2024
Italiya Italiya
24 Avg, 2024 · Muddat tugagan

BMT tomonidan innovatsion gʻoyaga ega barcha uchun Italiyada oʻtkaziladigan xalqaro forum — World Food Forum 2024

Konferensiya Bepul ishtirok

Tavsif

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) tomonidan 36 yoshgacha boʻlgan barcha uchun World Food Forum 2024 (WFF) taqdim etiladi. Forum 2024-yilning 14-18 oktyabr kunlari Italiyaning Rim shahrida boʻlib oʻtadi.

Dastur mavzusi: Good food for all, for today and tomorrow.

Sohada barqarorlikni oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilash va qishloq xoʻjaligi taraqqiyotini ragʻbatlantirish va uning tizimlarini sezilarli darajada oʻzgartirish dasturning asosiy maqsadlaridan biridir. Bunda asosiy eʼtibor toʻyimli va barqaror oziq-ovqat amaliyotini targʻib qilishga qaratilgan.

Maʼlumot uchun: 2021-yilda FAO qoshidagi mustaqil hamkorlar tarmogʻi sifatida tashkil etilgan WFF Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni tezlashtiradigan, yaxshi oziq-ovqat kelajagi uchun qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat tizimlarini shakllantirish boʻyicha yetakchi global platforma hisoblanadi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dasturga qiziqqan 36 yoshgacha boʻlgan barcha qatnashishi mumkin;
  • Nomzodlar oziq-ovqat bilan bogʻliq yoshlar tashkiloti yoki tarmoq aʼzosi (masalan: qishloq xoʻjaligi, rivojlanish, iqlim oʻzgarishi yoki boshqa tegishli soha), yosh fermerlar, baliqchilar, vazirlik, vazirlar mahkamasi yoki boshqa milliy muassasaning yosh aʼzolari, agro-oziq-ovqat tizimlarining turli yoʻnalishlari boʻyicha talabalar hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Xalqaro konferensiya delegatlari boʻlishi kerak;
  • Ingliz tilini yuqori darajasida bilish lozim. Chunki ishtirokchilardan kuchli taqdimot koʻnikmasiga ega boʻlish va turli soʻzlashuv sessiyalarida Oʻzbekistonni samarali namoyish eta olish soʻraladi;
  • Qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, iqlim oʻzgarishi va barqaror rivojlanish sohasida innovatsion gʻoya yoki loyihaga ega boʻlish lozim.

Nomzodlarga qoʻyilgan texnik talablar:

  • Oʻz sohasida kamida 3-5 yillik tajribaga ega boʻlish;
  • Taklif etilayotgan loyihaning muvaffaqiyat koʻrsatkichlari yaʼni daromadning ortishi, bozorning kengayishi, startap yoki loyiha uchun mukofotlar aniq koʻrsatilishi lozim;
  • Innovatsiyalar, agro-oziq-ovqat tizimlari, texnologiya va barqaror rivojlanish kabi sohalarda faol ishtirok etish;
  • Hozirda amalga oshirilayotgan startap yoki sezilarli muvaffaqiyatga erishgan loyihaga ega boʻlish;
  • Agro-oziq-ovqat tizimlari bilan bogʻliq tadbirlar va tashabbuslarda faol ishtirok etish tajribasiga ega boʻlish;
  • Konferensiya va forumlarda qatnashish, Oʻzbekistonda oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligiga oid dolzarb masalalar boʻyicha taqdimot qilish koʻnikmasiga ega boʻlish;
  • Yaratilgan loyiha jamiyatga taʼsir koʻrsatishga qaratilgan boʻlishi kerak.

Eslatma: Birlashgan Millatlar Tashkilotining boshqa har qanday rasmiy tilini bilish ustunlik beradi (ingliz tili, arab tili, ispan tili, xitoy tili, rus tili, fransuz tili).

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Dasturda bepul qatnashish mumkin;
  • Dunyo boʻylab soha boʻyicha yetakchi mutaxassis va barcha yoshdagi istiqbolli yoshlarni birlashtiradi;
  • Forum ham oflayn ham onlayn shaklda oʻtkaziladi.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Hujjat topshirishda quyidagilar soʻraladi:

  • Nomzodning shaxsiy maʼlumotlari;
  • Ishtirokchi faoliyat olib borayotgan sohasi;
  • Qishloq xoʻjaligi, suv resurslari, tabiatni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi sohasidagi ish tajriba haqida maʼlumot (maksimal 150 ta soʻz);
  • Nomzod shugʻullanayotgan loyiha yoki startap haqida batafsil maʼlumot (maksimal 200 ta soʻz);
  • Ishtirokchi forumida ishtirok etish orqali ishlab chiqmoqchi boʻlgan yangi loyiha yoki startap gʻoyasi haqida maʼlumot (maksimal 200 ta soʻz);
  • Konferensiya va forumlarda qatnashish tajribasi haqida maʼlumot (maksimal 150 ta soʻz);
  • Agar forumda qatnashish uchun tanlansa, nomzod dastur rivojiga qanday hissa qoʻshish va dasturdan qanday foyda olishni rejalashtirgani haqida (maksimal 150 ta soʻz).

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Konferensiya

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Fransuz tili, Rus tili, Xitoy tili, Ispan tili

  • Yosh chegarasi

    Max: 36

  • Jins

    Erkak, Ayol

Italiya BMT tomonidan innovatsion gʻoyaga ega barcha uchun Italiyada oʻtkaziladigan xalqaro forum — World Food Forum 2024
24 Avg, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.