Tavsif
Birlashgan Millatlar Tashkilotining biologik qurollar boʻyicha konvensiyasida (Biological Weapons Convention) yoshlarning tutgan oʻrni katta ahamiyatga egadir. Shuning uchun, tashkilotning Jenevadagi Qurolsizlantirish ishlari boʻlimi tomonidan Youth for BIosecurity Fellowship 2024 dasturi tashkillashtirilgan. Dasturga rivojlanayotgan va rivojlanishdan ortda qolgan davlat fuqarolaridan 20 ta nomzod saralab olinadi va ularning Shveysariyaning Jeneva shahrida boʻlib oʻtadigan konvensiyada qatnashish xarajatlari qoplab beriladi. Dastur 3 oy davom etadi va bu vaqt davomida nomzodlardan ishlari va oʻqishlariga kamroq vaqt sarflash talab qilinishi mumkin. Ular konvensiya oldidan bir oylik tayyorlov seminarida ishtirok etishadi, shuningdek, 2024-yil 19-23-avgust kunlari Jenevada boʻlib oʻtadigan 5 kunlik konvensiyada qatnashishadi. Dastur davomida yosh olimlar, diplomatlar, ekspertlar, fuqarolik ijtimoiy tashkilotlari va boshqa yosh mutaxassislar bilan koʻrishish, hamkorlik qilish hamda fikr almashish imkoni paydo boʻladi.
Dasturga ariza topshirish jarayoni 2024-yil 5-aprelgacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.