BMTTD innovatsion qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion g‘oyalar tanlovi
O‘zbekiston O‘zbekiston
08 Yan, 2022 · Muddat tugagan

BMTTD innovatsion qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion g‘oyalar tanlovi

Xalqaro musobaqalar Bepul o'qish

Tavsif

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan, BMT Taraqqiyot dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining hamkorlikdagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorining “yashil iqtisodiyot”ga inklyuziv o‘tishini qo‘llab quvvatlash va iqlimga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish (EU-AGRIN)” loyihasi tomonidan qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan Innovatsion g‘oyalar tanlovi e’lon qilinadi.   

Taqdim etiladigan innovatsion g‘oyalar faqat Toshkent, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida amalga oshirilishi lozim.

Ariza topshiruvchi innovatsion g‘oyani amalga oshirish uchun kamida 2 yoki undan ortiq tashkilotlar bilan hamkorlikda 2 yilgacha davom etuvchi qisqa muddatli loyiha doirasida qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni yaxshilash uchun zarur bo‘lgan innovatsion yechimlarni ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish yoki amalga oshirish uchun Innovatsion guruhlar tuzishi zarur.

Potensial innovatsion guruhlar tomonidan taklif qilinadigan har qanday loyiha g‘oyasi qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish va suvni tejash, tuproqni saqlash va undan unumli foydalanish, iqlim o‘zgarishiga moslashish va salbiy ta’sirlarni yumshatish kabi mavzular bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishi kerak. Tanlov shartlari haqida batafsil ma’lumot.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Loyiha g‘oyalari Innovatsion guruhning istalgan a’zosi tomonidan topshirilishi mumkin.
  • Innovatsion guruhlar kamida ikkita sherik/hamkordan iborat boʻlishi zarur.
  • Innovatsion guruhdagi kamida bitta sherik fermer boʻlishi kerak.
  • Bu guruhdagi kamida ikkita sherik, ilmiy-tadqiqot muassasasi boʻlishi lozim.
  • Fermer va ilmiy-tadqiqot muassasasidan tashqari, innovatsion guruhning sheriklari quyidagilar boʻlishi mumkin:

a) jismoniy va yuridik shaxslar, masalan:

- qishloq xoʻjaligi sohasidagi boshqa ilmiy-tadqiqot institutlari;

- nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT)

- boshqa fermer va dehqon xoʻjaliklari;

- klasterlar;

- kompaniyalar (qishloq xoʻjaligi texnologiyalari, urugʻlar, kimyoviy moddalarni yetkazib beruvchilar, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, ularni sotuvchilar va hk.)

- qishloq xoʻjaligi boʻyicha davlat yoki xususiy maslahatchilar(i) yoki boshqa maslahat berishga ixtisoslashgan kompaniyalar

- qishloq joylardagi uy xoʻjaliklari.

b) ishlab chiqaruvchi tashkilotlar

  • Innovatsion guruhlarning potensial sheriklari soni cheklanmaydi.

Loyihaning gʻoyasi / loyiha quyidagi sohalardan kamida bittasiga aloqador boʻlishi zarur:

  • a. innovatsiyalar, shu jumladan yangi navlar, zotlar, uskunalar, asboblar yoki yondashuvlarni sinovdan oʻtkazish orqali qishloq xoʻjaligida barqaror, ekologik toza ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish va ragʻbatlantirish;
  • b. innovatsiyalar, jumladan, mahsulotlar, texnologiyalar va uskunalarni ishlab chiqish yoki sinovdan oʻtkazish orqali ishlab chiqarishda iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq xavflarni kamaytirish;
  • v. suvdan foydalanish va suvning ifloslanishini kamaytirish usullari, jarayonlari, xizmatlari yoki uskunalarini ishlab chiqish yoki sinovdan oʻtkazish. 

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Tanlovda g‘olib bo‘lgan har bir loyiha 450 000 000 so‘mgacha moliyalashtiriladi. 

Topshirish jarayoni

Innovatsion guruhlarni tanlash jarayoni 2 bosqichdan iborat.

  • Birinchi bosqichda ehtimoliy Innovatsion guruhlar loyiha g‘oyasi va guruhning rejalashtirilayotgan tarkibi (hamkorlar) to‘g‘risida umumiy ma’lumot taqdim qiladilar. Loyiha g‘oyalarining dastlabki tanlovi maxsus Texnik baholash qo‘mitasi tomonidan o‘tkaziladi.
  • Ikkinchi bosqich. Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli tanlangan loyiha mualliflaridan, keyingi bosqichda ko‘rib chiqish uchun loyihaning, shu jumladan metodologiya, batafsil ish rejasi va byudjetni taqdim etishlari so‘raladi. Loyiha takliflari maxsus texnik baholash qo‘mitasi tomonidan yakuniy baholanadi.

Moliyalashtirish tanlovda g‘olib chiqqan innovatsion loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashni ko‘zda tutadi.

Ariza topshiruvchi Innovatsion guruh loyiha g‘oyasini maxsus ariza shaklida keltirilgan namunaga ko‘ra 2023-yilning 9-yanvariga qadar 4agroinnovation@gmail.com elektron pochtasiga yuborish lozim.

Qo'shimcha ma'lumot

qo'shimcha savollarni yuborish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Bepul o'qish

  • Dastur tili

    O'zbek tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston BMTTD innovatsion qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion g‘oyalar tanlovi
08 Yan, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.