Tavsif
O'zbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlanish vazirligi “Bo'lajak olim” tanlovi doirasida innovatsion startap loyihalarni moddiy qo'llab quvvatlash dasturini e'lon qiladi.
“Boʻlajak olim” tanlovning asosiy maqsadi – iqtidorli va isteʼdodli yosh olimlarning innovatsion faoliyati natijalari va tashabbuslarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish hamda salohiyatli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etishdan iborat.
Mazkur tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarorining 2-ilovasi “Boʻlajak olim” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomida belgilangan talablarga muvofiq oʻtkaziladi.
Boʻlajak olim tanlovi doirasida yosh olimlarning:
- Ilmiy gʻoyalari ragʻbatlantiriladi;
- Ilmiy va startap loyihalari moliyalashtiriladi.
Startap loyiha — amalga oshish xavfi yuqori boʻlgan sharoitda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratuvchi innovatsion ishlanmalarning qoʻllanilishi, koʻlami va tez oʻsish surʼati bilan farqlanadigan yangi biznes loyiha. Tanlovdan muvaffaqiyatli o'tgan startap loyihalar moddiy qo'llab quvvatlanadi.