Tavsif
Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri bo‘lgan Boston Universiteti bakalavr bosqichida o‘qishni xohlovchilar uchun Prezidental Scholarship grant dasturini e’lon qiladi.
Boston Universitetidagi barcha yo‘nalishdagi bakalavr bosqichida o‘qish imkoni mavjud bo‘lib, dastur o'qish pulini qisman qoplash uchun 4 yilgacha yillik $25,000 grant taqdim etadi.
Dastur maqsadi talabalarni akademik, professional va ijtimoiy muvaffaqiyatlarga tayyorlash bo‘lib, jahon hamjamiyatiga hissa qo‘shadigan intellektual intiluvchan talabalar guruhini birlashtirishga intiladi.
Boston Universitetidagi barcha sohalar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.