Tavsif
Ingliz tili oʻqituvchilariga malaka oshirish kreditlari va sertifikati olish uchun ajoyib imkoniyat! Kurslar onlayn va mutlaqo bepul.
Britaniya Kengashi (British Council), A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda umumtaʼlim maktablari ingliz tilini oʻqituvchilari uchun yangi malaka oshirish kurslarini taklif etadi:
1) Future English in Uzbekistan: Pathways to Excellence
2) Future English in Uzbekistan: English for Teaching
Ushbu loyihadagi maxsus kurslarda qatnashish orqali siz oʻz bilim koʻnikmalaringizni oshirish bilan bir qatorda, tegishli malaka oshirish kurslarining kredit ballariga ham ega boʻlasiz.
Taqdim etilgan onlayn malaka oshirish kurslariga qo'shimcha ravishda, ingliz tili o'qituvchilari ushbu platformaning boshqa imkoniyatlaridan ham foydalanishlari mumkin, xususan, ular oltita maxsus qiziqish guruhiga qo'shilish, elektron portfolioni ishlab chiqish, turli davlatlardagi ingliz tili mutaxassislari bilan har ikki haftada bo’lib o’tadigan jonli veb-seminarlarda qatnashish imkoniyatiga ham ega bo’ladilar. Britaniya Kengashining OTC platformasidagi ushbu dasturlar O'zbekiston bo'ylab boshlang'ich va o'rta maktablarning barcha ingliz tili o'qituvchilari uchun mo’ljallangan.