Tavsif
Britaniya Konsulligi Markaziy Osiyoda kreativ, ijodiy fikrlovchi, qolaversa, o’z karyerasini endigina yo’lga qo’ymoqchi bo’lgan prodyuserlarni Creative Producers dasturining 3-mavsumida qatnashishga chorlaydi.
So'nggi ikki yil ichida Creative Producers dasturi 46 ta ijodiy fikrga ega prodyuserlarni (O'zbekistondan 26 va Qozog'istondan 20 kishi) birlashtirdi. Shu bilan birga, madaniy va ijodiy sohalarni rivojlantirish uchun yangi prodyuserlarni tayyorladi. 19000 dan ortiq ishtirokchilar O'zbekistondagi dastur ishtirokchilari tomonidan uyushtirilgan onlayn va oflayn tadbirlarga qatnashdilar. O’tgan yillarda dastur ishtirokchilari tadbirkorlik, ijodiy fikrlash, odamlarni boshqarish, loyiha va moliyaviy boshqaruv ko'nikmalarini mukammal britaniyalik mutaxassislardan o’rganish imkoniga ega bo’ldilar.
Kurslar barchasi Buyuk Britaniyaning mutaxassis trenerlari Andy Brydon va Kate Wyatt tomonidan olib boriladi. Bu yilgi dasturda ham kurslarni muvaffaqiyatli yakunlaganlar uchun maxsus grantlar beriladi.