Tavsif
Data Science Virtual Job Simulation dasturi British Airways tomonidan tashkillashtirilgan onlayn dastur hisoblanadi. Dasturda asosan onlayn amaliyot oʻtash maqsadida boʻlgan va taʼlim olayotgan oʻquvchilar, talabalar, magistrlar, doktorantlar va mutaxassislar qatnashishlari mumkin. Dasturda qatnashish mutlaqo bepul hamda maxsus hujjatlar topshirish yoki rasmiy roʻyxatdan oʻtish talab qilinmaydi. Ishtirokchilar amaliyotni masofadan turib, erkin grafik asosida amalga oshirish, yangi koʻnikma va tajribalarni oʻrganish, British Airwaysda ishlash imkoniga erishish, dastur soʻnggida maxsus sertifikat olish kabi bir qator imkoniyatlarni qoʻlga kiritishadi.
Dastur uchun maʼlum bir sana belgilanmagan, ishtirokchilar istalgan vaqtda roʻyxatdan oʻtishlari va qatnashishlari mumkin.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.