Bruneyda bakalavr va magistratura bosqichini to'la moliyalashtirilgan holda o'qish uchun Government of Brunei Darussalam Scholarship dasturi
Bruney Bruney
14 Fev, 2025 · Muddat tugagan

Bruneyda bakalavr va magistratura bosqichini to'la moliyalashtirilgan holda o'qish uchun Government of Brunei Darussalam Scholarship dasturi

Bakalavr +1 To‘liq taʼlim To'liq moliyalash

Tavsif

Bruney Tashqi ishlar vazirligi tomonidan dunyo boʻylab iqtidorli va bilimli yoshlar uchun Bruneydagi eng nufuzli universitetlarda bakalavr, diplomli kurslar va magistratura bosqichida oʻqish imkoniyatini taqdim etuvchi Government of Brunei Darussalam Scholarship dasturini eʼlon qiladi.

Dasturga qabul qilingan talabalar quyidagi oliygohlarda bepul taʼlim olish imkoniyatiga ega boʻladi:

Nomzodlar ushbu universitetlarning biriga tanlagan yoʻnalishlari qabul talablariga javob berishi kerak. Aksariyat dasturlar ingliz tilida olib borilgani bois ingliz tilini yaxshi bilish talab etiladi.

Dasturga qabul qilingan talabalar nufuzli universitetlarda kontrakt toʻlovlarsiz oʻqish bilan birga, oylik stipendiya va bepul turar joy bilan taʼminlanadilar. Ishtirokchilarning safar va tibbiy sugʻurta xarajatlari toʻliq moliyalashtiriladi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilingan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Nomzod oʻquv toʻlovlari, shu jumladan qabul, imtihon, roʻyxatdan oʻtish va dastur davomida yoʻnaltirish toʻlovlaridan ozod etiladi;
  • Kurs boshlanishidan oldin oʻz mamlakatidan Bruney Darussalamga kelish va kurs yakunlagandan soʻng yana oʻz yurtiga qaytish uchun ekonom klass aviachiptasi beriladi;
  • Yashash xarajatlari uchun oylik 500BND (~$372) stipendiyaga ega boʻladi;
  • Oziq-ovqat uchun oyiga 150BND (~$112) beriladi;
  • Oʻquv darsliklari uchun yiliga 600BND (~$442) miqdorida moliyaviy yordam beriladi;
  • Universitet yotoqxonasidan bepul turar joyga ega boʻladi;
  • Kurs yakunlangandan soʻng uyiga qaytishiga yordam sifatida 500BND (~$368) miqdorida pul beriladi;
  • Tibbiy sugʻurta xarajatlari toʻliq moliyalashtiriladi.

Dasturning manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar оnlayn ariza shaklini toʻldirishlari kerak.

Kerakli hujjatlar:

  • Akademik koʻrsatkichlarini tasdiqlovchi hujjatlar, jumladan, diplom, sertifikat va boshqalar;
  • Tugʻilganlik haqidagi guvohnoma va shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
  • 2 ta tavsiyanоma

Universiti Brunei Darussalamga (UBD) hujjat topshirayоtganlar ushbu havоla orqali onlayn ariza topshirishlari kerak.

Universiti Technology Brunei (UTB) ga ariza topshirayоtganlar ushbu havоla orqali onlayn ariza to'ldirishlari kerak.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Daraja

    Bakalavr, Magistratura

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 35

  • Jins

    Erkak, Ayol

  • IELTS talabi

    Min: 6

Bruney Bruneyda bakalavr va magistratura bosqichini to'la moliyalashtirilgan holda o'qish uchun Government of Brunei Darussalam Scholarship dasturi
14 Fev, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.