Tavsif
Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO) intellektual mulkni tijorat maqsadlarida foydalanishga qaratilgan startap loyihasiga ega innovatorlar uchun WIPO Global Awards 2024 tanlovi taqdim etadi.
Har yili boʻlib oʻtadigan ushbu tanlov BIMTga aʼzo 193 davlat va turli iqtisodiy sektorlardan boʻlgan nomzodlar uchun tashkil etiladi. Mentorlik dasturi gʻoliblari tijoriy maqsadda IPdan foydalanishni kuchaytirish, yangi tijorat hamkorliklarini topish, moliyaviy manbalardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishadi. Jami 25 nafar finalchi ichidan 7 nafar gʻolib saralab olinishi rejalashtirilgan.
Tanlov 2024-yil 15-yanvardan 31-martgacha davom etadi.
Maʼlumot uchun: Intellektual mulk (IP) patentlar va tovar belgilaridan tortib sanoat namunalari va mualliflik huquqigacha boʻlgan turli shakllarda jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishi uchun juda katta ahamiyatga ega. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) rivojlangan yoki kam rivojlangan mamlakatlardagi iqtisodiyotning katta qismini tashkil qiladigan kichik va oʻrta korxonalarning startap loyihalarini qoʻllab-quvvatlaydi. Aynan ushbu tanlov orqali jamiyatda ijobiy oʻzgarish qilish imkoniyatiga ega loyihalar saralanadi va qanday samarali rivojlanish toʻgʻrisida bilim beriladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.