Tavsif
UK Alumni Awards bu Buyuk Britaniya hukumati tomonidan eʼlon qilingan tanlov hisoblanib, ushbu davlatdagi rasmiy muassasa yoki universitetlardan birida tahsil olgan va uni bitirgan ishtirokchilar uchun moʻljallangan. Tanlovda Ilm-fan va barqarorlik, madaniyat va yaratuvchanlik, ijtimoiy ishlar, biznes va innovatsiyalar nominatsiyalari boʻyicha qatnashish mumkin. Bunda nomzod o'qishni tamomlagach shu o'qish orqali nimalarga erishgani (amaliy natijalari) va muvaffaqiyatga erishish hikoyasini taqdim qilishi kerak.
Tanlov ikki bosqichda boʻlib oʻtadi. Birinchi bosqich National Alumni Award boʻlib, ushbu bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar Global Alumni Award ishtirokchisiga aylanishadi. UK Alumni Awardsga oʻqishni tugatganiga 15 yildan oshmagan va Buyuk Britaniyadagi rasmiy muassasada tahsil olgan yoki Britaniya tizimidagi (Toshkent Xalqaro Vestminister Universiteti, Singapur menejmentini rivojlantirish instituti, TEAM universiteti bitiruvchilari) OTMni biritirgan nomzodlar qatnashishlari mumkin.
Dasturda ishtirok etish orqali nomzodlar xalqaro profillari va professional aloqalarini kengaytirish, shuningdek, Buyuk Britaniyaga bepul sayohat qilib kelish imkoniyatini qoʻlga kiritishadi. Tanlovga qabul jarayoni 1-sentyabrdan 22-oktyabrgacha davom etadi
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.