Stipendiyaga hujjat topshirishdan avval universitetning bakalavr yoki magistratura dasturlaridan biriga hujjat topshirish kerak bo'ladi!
- Bakalavrga qanday hujjat topshirish haqida ushbu havoladan
- Magistraturaga qanday hujjat topshirish haqida esa ushbu havoladan to'liq ma'lumot olishingiz mumkin
(Talablar tanlangan dasturdan kelib chiqib farq qilishi mumkin)
Stipendiyaga hujjat topshirish bo'yicha ma'lumotlar esa quyida berilgan
Soʻraladigan umumiy hujjatlar:
- Fuqarolik pasport yoki ID karta;
- Tanlangan yoʻnalish haqida maʼlumot kiritish so‘raladi (stipendiya olish uchun oldindan kurs nomini va yoʻnalishni tanlash kerak boʻladi);
- Nomzodning ismi;
- Nomzodning doimiy yashaydigan davlati;
- Eng soʻngi taʼlim muassasasi haqida maʼlumot;
- Moliyaviy yordam olish uchun toʻldirgan ariza namunalari haqida batafsil keltirishi kerak.
Arizalarni yuborish davomida har bir bosqich uchun: bakalavr, magistratura uchun 3 ta savol beriladi va savollarga 200 soʻzdan oshmagan holatda javob berish soʻraladi.
Bakalavr bosqichiga topshirayotgan talabalar uchun savollar:
- Oʻqishdan tashqari faoliyatlari haqida batafsil yozishlari soʻraladi: yutuqlar, sertifikatlar va hokazo.
- Bristol universitetiga qabul qilinganlaridan soʻng, talabalar hamjamiyatiga qanday hissa qoʻshmoqchiligi haqida yozishlari kerak. Bu yerda kelajak rejalari va tanlangan kursga qanday hissa qoʻshishi haqida yozilishi soʻraladi.
- Kelajakdagi maqsadlari va aynan tanlangan yoʻnalish va kurs orqali ularni qanday amalga oshirish haqida yozishlari kerak. Aynan nega Bristol universitetini tanlaganligi haqida ham yozish soʻraladi.
Magistratura bosqichi uchun savollar:
- Stipendiya dasturiga aynan shu nomzodni tanlash uchun sabablar keltirilishi kerak: akademik yutuqlar va shaxsiy xislatlar keltirilishi mumkin.
- Jamiyatga qoʻshgan eng oxirgi hissalari haqida yozishlari kerak. Bu yerda universitetdagi, jamiyatdagi har qanday hissa haqida yozish mumkin.
- Bristol universitetida oʻqish nomzodga kelajak karyerasida qanday yordam berishi haqida aniq va faktlari bilan yozilishi soʻraladi.
Hujjat topshirish uchun dastlab ariza shakli toʻldiriladi. Unda shaxsiy maʼlumotlar va savollarga javob beriladi.
Ariza topshirish boʻyicha batafsil qoʻllanma bilan bu yerda tanishish mumkin.
Eslatma: bakalavr dasturiga ariza topshirishning oxirgi muddati 31-yanvar, 2024-yil. Magistratura dasturiga topshirishning oxirgi muddati yo’nalishga qarab farq qiladi. Iloji boricha tezroq topshirish tavsiya etiladi!
Magistratura dasturi uchun grantga hujjat topshirish sanasi bakalavriatnikidan farq qiladi.
Magistratura granti uchun oxirgi muddat: 2024-yil 29-aprel.
Bakalavr uchun grant dasturiga topshirishning oxirgi muddati 2024-yil 26-fevral.