Tavsif
Edinburgh Global Online Learning Masters Scholarships - Edinburg universiteti (The University of Edinburg) tomonidan 2024-2025 oʻquv yilida magistratura bosqichini oʻqish uchun toʻliq grant dasturi hisoblanadi.
Edinburg universiteti (The University of Edinburg) Buyuk Britaniyaning Shotlandiya davlatida Edinburg shahrida joylashgan. QS World University Rankingsga koʻra, 2024-yilda dunyo universitetlari orasida 22-oʻrinni olgan.
Oʻqish onlayn va sirtqi taʼlim (part-time) shaklda olib boriladi. Ushbu grantlar kontrakt pulini toʻliq qoplashga qaratilgan.
Grantlar quyidagi yoʻnalishdagi kurslarni oʻqish uchun ajratiladi:
- Tibbiyot;
- IT;
- Ekologiya;
- Tarix;
- Informatika/texnologiya;
- Huquq;
- Menejment va dizayn.
Grant ajratishda nomzodning akademik yutuqlari va shaxsiy bayonnomasiga (Personal statement) eʼtibor beriladi. Shuningdek, oldin magistratura oʻqimagan nomzodlarga ustuvorlik beriladi.
Dasturga ariza topshirishning soʻnggi muddati — 2024-yil 4-iyun, soat 03:59.
Grant dasturi haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.