Buyuk Britaniyaning Edinburg universitetidan magistratura bosqichini nevrologiya yoʻnalishida onlayn oʻqish uchun toʻliq grant
Buyuk Britaniya Buyuk Britaniya
19 Avg, 2025 · Muddat tugagan

Buyuk Britaniyaning Edinburg universitetidan magistratura bosqichini nevrologiya yoʻnalishida onlayn oʻqish uchun toʻliq grant

Magistratura To‘liq taʼlim Bepul o'qish

Tavsif

Buyuk Britaniyaning Edinburg universiteti The Anne Rowling Clinic Regenerative Neurology grantini eʼlon qiladi. Edinburg universiteti (The University of Edinburg) Buyuk Britaniyaning Shotlandiya davlatida Edinburg shahrida joylashgan. QS World University Rankingsga koʻra, 2025-yilda dunyo universitetlari orasida 27-oʻrinni olgan.

Anne Rowling klinikasi 2025-2026-oʻquv yilida magistratura bosqichini “Stem Cells and Translational Neurology (Ildiz hujayra va nevropatologiya)” sohasida oʻqimoqchi boʻlganlar uchun 3 kishilik grant eʼlon qiladi. Dastur boʻyicha bir ishtirokchining 60 kredit, ikki ishtirokchining esa 30 kredit kontrakt puli toʻlab beriladi. Darslar onlayn tarzda olib boriladi. Dasturda Oʻzbekiston fuqarolari ham ishtirok etishlari mumkin. Edinburg universitetida oʻqish uchun taklif xati (Acceptance letter) olgan yoki oʻqiyotgan boʻlish lozim. Undan soʻng, ular grantga nomzod sifatida koʻrib chiqiladi. Grant ajratishda nomzodning akademik yutuqlari va shaxsiy bayonnomasiga (Personal statement) eʼtibor beriladi.

Dasturga roʻyxatdan oʻtish jarayoni 2025-yil 20-avgustgacha davom etadi. Grant gʻoliblari 2 hafta oraligʻida, yaʼni 2025-yil 3-sentyabrgacha eʼlon qilinadi. 

Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin. 

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi talablar mavjud:

  • Dasturda belgilangan davlat fuqarolari, shu jumladan, Oʻzbekiston fuqarolari ham ishtirok etishlari mumkin;
  • Grant 2025-2026-oʻquv yilida Edinburg universitetida magistraturani onlayn taʼlim shaklda boshlay oladigan talabalar uchun ajratiladi;
  • Grant ajratishda nomzodning akademik yutuqlari va shaxsiy bayonnomasiga (Personal statement) eʼtibor beriladi. Shuningdek, oldin ushbu grantda oʻqimagan nomzodlarga ustuvorlik beriladi;
  • Edinburg universitetida oʻqish uchun taklif xati (Acceptance letter) olgan yoki oʻqiyotgan boʻlish lozim. 

Dastur talablari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturning quyidagi foydali tomonlari mavjud:

  • Dastur boʻyicha bir ishtirokchining 60 kredit kontrakt puli toʻlab beradi;
  • Dastur boʻyicha ikki ishtirokchining 30 kredit kontrakt puli qoplab beriladi;
  • Ishtirokchilar tibbiyot sohasida oʻz tajribalarini oshirish hamda bepul taʼlim olish imkoniyatini qoʻlga kiritishadi.

Dasturning foydali jihatlari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin. 

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish jarayoni quyidagicha:

  • Dasturga ariza topshirish jarayoni 2025-yil 20-avgustgacha davom etadi;
  • Nomzodlar ariza topshirish jarayonida 500 soʻzdan koʻp boʻlmagan shaxsiy bayonnoma (Personal statement) yozishlari kerak boʻladi. Unda nima uchun ushbu grant dasturi tanlanganligi va unda oʻqishdan maqsad aks ettirilgan boʻlishi lozim. Inshoni stemcell-msc@ed.ac.uk emailiga yuborish kerak;
  • Dastur natijalari 2025-yil 3-sentyabrgacha eʼlon qilinadi. Dastur doirasida 3 ta gʻolib saralab olinadi;

Ariza topshirish jarayonida yuzaga kelgan qoʻshimcha savollarga ushbu havola orqali javob olish mumkin. 

Qo'shimcha ma'lumot

Grant maʼmuriyati dasturda qatnashish uchun yuzaga keladigan bir qator muammolarni bartaraf etishda yordam beradi. Bu jarayon haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin. 

Dasturga ariza topshira oladigan davlatlar roʻyxati bilan ushbu havola orqali batafsil tanishish mumkin. 

Dastur boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlarni ushbu havola orqali topish mumkin. 

Grant maʼmuriyati hamda moliyaviy qoʻllab quvvatlash markazi bilan quyidagicha bogʻlanish mumkin:

Tel: +44(0)1316514070 ( ish vaqti dushanba-juma soat 10:00-15:00);

Veb-sahifa: Contact Form.

Toʻlovlar va talabalarni qoʻllab-quvvatlash markazi bilan quyidagicha bogʻlanish mumkin:

Tel: +44(0)1316502230 ( ish vaqti dushanba-juma soat 10:00-16:00);

Veb-sahifa: Contact Form.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Bepul o'qish

  • Daraja

    Magistratura

  • Soha

    Tibbiyot va sogʻliqni saqlash

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Buyuk Britaniya Buyuk Britaniyaning Edinburg universitetidan magistratura bosqichini nevrologiya yoʻnalishida onlayn oʻqish uchun toʻliq grant
19 Avg, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.