Dasturga ariza topshirishdan oldin universitetning ilmiy boʻlimidan nomzodning ilmiy loyihasini boshqarishga rozi boʻladigan ilmiy rahbar bilan bogʻlanish lozim. Bitta ilmiy rahbar bir vaqtning oʻzida faqat bitta talabani nazorat qilishi mumkin.
Ilmiy rahbar topish haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Ilmiy ishlarga rahbarlik qilishi cheklangan ilmiy rahbarlar bilan ushbu havola orqali tanishib chiqish kerak.
Grant dasturi uchun alohida ariza shakli topshirilmaydi. Shuning uchun dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali Imperialga ariza topshirishlari kerak. Tanlangan boʻlimning oʻzi nomzodning grant talablariga qanchalik mosligini hisobga olgan holda ushbu grant dasturini taklif qiladi.
Hujjat topshirishda shaxsiy bayonot soʻralganda, quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan 2 sahifadan iborat hujjat topshiriladi:
- Birinchi sahifaga shaxsiy bayonot kiritiladi. Unga nomzod universitet va dasturga ariza topshirish uchun uni ruhlantirgan sababni hamda ishtirokchining nomzodini kuchaytiradigan boshqa har qanday kerakli deb hisoblangan maʼlumotlarni kiritadi.
- Ikkinchi sahifaga tadqiqot taklifi haqida maʼlumotlar kiritiladi. Agar tanlangan boʻlim nomzodni saralanganlar roʻyxatiga kiritsa, tadqiqot taklifi yangilangan koʻrinishda taqdim etiladi. Maʼlumotlarni birinchi shaxsda yozish tavsiya etiladi.
Talabgorga tavsiyanoma bergan ikkita tavsiya beruvchining shaxsiy maʼlumotlari soʻralganda, ular asosan nomzodning universitetdagi oʻqituvchisi yoki dissertatsiya rahbari boʻlgani maʼqul. PhD bosqichi boʻyicha ilmiy rahbar bundan mustasno. Ushbu maʼlumotlarni kiritguncha gender tenglikni taʼminlash maqsadida “ular” (they/them) olmoshidan foydalanish maqsadga muvofiq.
Tavsiyanoma yozish tartibi haqida ushbu yoʻriqnomani oʻrganib chiqish lozim.
Dasturda qatnashish uchun onlayn ariza shaklidagi qoʻshimcha savollar qismining moliyalashtirish boʻlimida “Presidentʼs PhD Scholarship” tanlanishi kerak.
Arizalar ikki bosqichda koʻrib chiqiladi:
1-bosqichda barcha arizalar boʻlim tomonidan koʻrib chiqiladi hamda saralanganlar roʻyxati tuziladi.
2-bosqichda yakuniy qaror universitetning maxsus Kengashi tomonidan amalga oshiriladi va dastur uchun eng mos deb topilgan nomzodlarga grant taklif qilinadi.
Muhim: Grant uchun tanlanmagan nomzodlar avtomatik ravishda standart PhD dasturi uchun koʻrib chiqiladi.